Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda uran qazib olish uchun qo‘shimcha talablar joriy etiladi
Uran qazib olish sohasida yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash tartib-taomillarini takomillashtirish doirasida amaldagi yagona nizomga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasiga muvofiq, 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qaror bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ga ilova tariqasida qo‘shimcha talablar kiritiladi.
Xususan, hujjatda konchilik faoliyati (uran qazib olish) uchun litsenziya rasmiylashtirish jarayonida radiatsiyani boshqarish rejasi mavjudligi bo‘yicha yangi talab belgilanmoqda. Ushbu reja Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda bo‘lishi kerak.
Qayd etilishicha, uran qazib olish faoliyatini amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar litsenziyalanadigan faoliyatning qazib olish kichik turi bo‘yicha ariza bilan bir vaqtda mazkur rejani Qo‘mita tomonidan tasdiqlanishi uchun taqdim etadi.
Shu bilan birga, qaror loyihasida Qo‘mitaga bir oy muddatda uran qazib olish uchun radiatsiyani boshqarish rejasining shakli va mazmunini belgilaydigan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
Qaror 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirishi nazarda tutilmoqda. Mazkur qaror ijrosi ustidan nazorat Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi A.V. Rafiqov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
08:16 / 03.06.2026
Yadroviy energetikaga talab oshmoqda: uran bozori qayta jonlandi
17:43 / 31.05.2026
Qozog‘iston Eronning uran zaxiralarini qabul qilishni taklif qildi
17:40 / 21.05.2026
OAV: Eron oliy rahbari boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketishni taqiqladi
10:19 / 09.05.2026