FIFA Kengaşi 2026 yilgi jahon çempionatiga 727 million dollar miqdorida rekord darajadagi moliyaviy hissa qöşişni ma’qulladi, bu Qatardagi jahon çempionatidan 50 foizga köp. Mablağlar iştirokçilar örtasida taqsimlanadi, deb xabar berdi ingliz jurnalisti Ben Jyeykobs.
Qayd qilinişiça, iştirokçi milliy jamoalar tayyorgarlik jarayoni uçun 1,5 mln dollar, şuningdek, 33-48-örinlarni egallagan jamoalar 9 mln dollar oladi. Bu har bir milliy jamoa, jumladan Özbekiston ham kamida 10,5 mln dollar olişini anglatadi.
Natijalar yaxşilangan sari tölovlar ham oşadi.
Jumladan:
- 17-32-örinlar $11 mln;
- 9-16-örinlar $15 mln;
- 5-8-örinlar $19 mln;
- 4-örin $27 mln;
- 3-örin $29 mln;
- 2-örin $33 mln;
- Çempion $50 mln.
JÇ-2026 AQŞ, Meksika va Kanada maydonlarida 11 iyundan 19 iyulga qadar ötkaziladi. Özbekiston milliy jamoasi guruh bosqiçida 17 iyun kuni Kolumbiya bilan, 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni saralaşdan ötgan jamoa (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) bilan öynaydi.

















