Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni rasmiy taşrif bilan Yaponiya poytaxti Tokio şahriga bordi.

«Xaneda» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yaponiya içki işlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoşimasa Xayaşi va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Taşrifning asosiy tadbirlari 19-20 dekabr kunlari bölib ötadi. Özbekiston prezidenti Yaponiya imperatori Naruxito, boş vaziri Sanae Takaiçi va boşqa rasmiylar, işbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uçraşadi.

Şuningdek, Mirziyoyev «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinçi sammitida iştirok etadi.

Nazvaniye

Prezidentni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoşlar qizğin kutib oldi.

Davlat rahbari ular bilan suhbatlaşdi.

«Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, yurtdoşlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida oçiq va samimiy muloqot bölib ötdi.

Prezidentimiz vatandoşlarimizga işi va öqişida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunçiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilişiga işonç bildirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.