Tokioga taşrifning birinçi kuni - 19 dekabr yakunida prezident Şavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya boş vaziri nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari şarafiga ötkazilgan rasmiy qabul marosimida iştirok etdi.

Özbekiston yetakçisini Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi kutib oldi.

Tadbirda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşdi.

Davlat rahbarining Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralari hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinçi sammiti doirasidagi asosiy tadbirlari 20 dekabr kuni bölib ötadi.