Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioda strategik sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekiston–Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan parlamentlararo aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda ikki mamlakat parlament delegatsiyalari o‘rtasida o‘zaro tashrif va uchrashuvlar faol tus olgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Shuningdek, parlamentlarda do‘stlik guruhlari samarali ish olib borayotgani, may oyida Tokioda navbatdagi parlamentlararo forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ta’kidlandi.

Tomonlar parlamentlarning qo‘mitalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va Yaponiya prefekturalari assambleyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini alohida qayd etdilar. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish istiqbolli yo‘nalish sifatida belgilandi.

Uchrashuv yakunida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlikning o‘rnini kuchaytirish, qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro muloqotni davom ettirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026