Millionlagan dunyo muhojirlarini bağriga siğdirayotgan Germaniya, dunyoning uçinçi iqtisodiyoti va eng köp söralgan mavzu. Uruşdan yengilgan bu davlat qanday qilib qisqa vaqtda hayotini önglab oldi-yu, ğolib sovet ittifoqi parçalanib ketdi? Biz davlat va fuqaro sifatida Olmoniyaning qaysi ijobiy jihatlarini özlaştirişimiz va tarixning qanday xatolaridan xulosa çiqarişimiz kerak? Berlin, Frankfurt, Myunxen kabi yirik şaharlarga borib örganilgan tahlillar... SUBYEKTIV bu safar Germaniyada. Bu sayohat haqidagi körsatuv emas, balki real voqeliklarga asoslangan ikki qismli hujjatli film.

UMIDSIZ GeRMANIYa

Ikkinçi jahon uruşidan keyin butunlay vayron bölgan mamlakat. 60 milliondan ortiq aholi işsiz, ularning har uçinçisi uysiz va kelajakka işonçsiz. Odamlarda Germaniya kelajagiga katta şubha bor edi. Bu davlat qisqa vaqtda öz iqtisodiy möjizasini yaratib, dunyoning uçinçi boy davlatiga aylanişini heç kim xayoliga ham keltirolmasdi. Öşa paytlar egasiz qolgan, öz taqdirini özi hal qila olmaydigan Germaniyaning keyingi hukmi boşqalar ixtiyorida qoldi.

Potsdam. Dunyoning yangi geosiyosiy hayoti Berlindan unça uzoq bölmagan bu mö’jaz şahardagi birgina kelişuv ortidan özgarib ketdi. Uruş tugaganidan ikki oy ötib, ğolib ittifoqçilar Yevropaning keyingi yarim asrlik tarixini belgilaşdi. Sobiq Ittifoq, AQŞ va Buyuk Britaniya davlat rahbarlari qatnaşgan Potsdam konferensiyasida Germaniya va Berlin şahri törtta hududga bölib olindi.

Şu bilan Potsdam bitimi Germaniya ustidan ğalabadan keyingi Yevropa xaritasini qayta çizgan, bir vaqtning özida “sovuq uruş” boşlanişining ramziga aylangan kelişuv ham edi. Keyinçalik AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya sektorlari birlaşib, ulardan Federal Germaniya Respublikasi, sobiq ittifoq qöllovidagi Şarqiy davlatdan Germaniya Demokratik Respublikasi taşkil topdi.

Uruşdan keyin har ikki tarafda zavodlar vayron, inflatsiya yuqori, işsizlik kuçli, oziq-ovqat tanqis, iqtisodiy tizim izdan çiqqan. Ğarbda AQŞ moliyaviy qöllovidagi Marşall yordami bilan bozor iqtisodiyotiga ötildi. Xususiy mulk va raqobat yuzaga keldi, texnologik investitsiyalar va eksportga yönaltirilgan sanoat yölga qöyildi.

Sovet modeli ostidagi Şarqiy Germaniyada esa davlat Moskvaning qoş-qovoğiga qaragan rejali iqtisodda qoldi. Innovatsiya past, mehnatga layoqatli aholi – vraçlar, muhandis, olim, malakali işçilar Ğarbga qoçişga tuşişdi. Bular ham kamdek, 1950 yilda qörqinçli,xuddi KGBdek Ştazi xizmati taşkil topdi. Şarqiy Germaniyaning qora soyasi sifatida eslanadigan bu maxfiy politsiya qisqa vaqt içida Yevropadagi eng dahşatli maxsus xizmatga aylandi. Uning vazifasi öz xalqiga şubha közi bilan qaraş, har bir nafasni nazorat qiliş, insonlarni bir-biriga qarşi qayraşdan iborat edi.