Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tanqis dori va tibbiy jihozlarni tezkor olib kirish tartibi belgilanmoqda
Sog‘liqni saqlash tizimida vaqtinchalik tanqislik yuzaga kelganda, ayrim dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan - majburiy sertifikatlash sharti bilan - amaliyotda qo‘llash va import qilishga ruxsat berish mexanizmi joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Tartib qarori maxsus ishchi guruh tomonidan qabul qilinishi belgilangan.
Nizom loyihasiga ko‘ra, “vaqtinchalik tanqislik” — aholi va tibbiyot tashkilotlari ehtiyojini qondirish uchun dori vositalari yoki tibbiy jihozlar yetarli miqdorda mavjud emasligi (yoki cheklangan miqdorda bo‘lishi) sifatida talqin etiladi.
Tanqislik holatida ta’minlash bo‘yicha qaror Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi doimiy ishchi guruh tomonidan qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Loyihaga muvofiq, tanqislik haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun:
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi dori/jihozning davlat ro‘yxatidan o‘tgan-o‘tmagani va o‘rnini bosuvchi analoglar bor-yo‘qligini o‘rganadi;
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi esa bozorda mavjudlik, mahalliy ishlab chiqarish holati va rejalarni tahlil qiladi.
Import masalasida Markaz importga “monelik qilmaslik (yoki qilish)” bo‘yicha 3 ish kunida xulosa rasmiylashtirishi nazarda tutilgan.
Tanqis dori va tibbiy jihozlarni olib kiruvchi tashkilot ulgurji realizatsiya uchun litsenziyaga ega bo‘lishi, sifat va xavfsizlikni ta’minlay oladigan mutaxassislar hamda saqlash-logistika imkoniyatlariga ega bo‘lishi, to‘liq hujjatlar to‘plamini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, import qilinayotgan mahsulotlar belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi, harakati esa axborot tizimi orqali QR-kod bilan kuzatilishi qayd etilgan.
Ishchi guruh qarori bilan tanqis mahsulotlar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytiga joylanishi, respublikaga kiritilgan mahsulotlarni tibbiyot muassasalari va farmatsevtika tashkilotlariga tarqatish bo‘yicha qaror esa tezkor muddatlarda qabul qilinishi belgilangan.
Mavzuga oid
11:07 / 25.12.2025
Toshkentda dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi
09:22 / 18.12.2025
Toshkent tumanida 38 mlrd so‘mlik dori ombori fosh etildi
14:40 / 17.12.2025
Retseptli dorilarni onlayn aniqlash xizmati ishga tushdi
13:16 / 15.12.2025