Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat» avtobus shinalari holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda King Long rusumli avtobuslarning avtoshinalari holati talab darajasida emasligi aks etgan videolar tarqalgani ortidan «Toshshahartransxizmat» AJ mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda King Long rusumli avtobuslarning avtoshinalari holati qoniqarli emasligi aks etgan videolavhalar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ qator ma’lumotlarni taqdim etdi.
Jamiyat bildirishicha, Xitoy Xalq Respublikasidan xarid qilingan King Long va Yutong rusumli avtobus va elektrobuslarni tasarruf etish bir vaqtda boshlangan. Shu bois, har yili kuz-qish mavsumida ushbu avtobus va elektrobuslardagi avtoshinalarni ommaviy ravishda almashtirish davri hisoblanadi.
Qayd etilishicha, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan avtoshinalarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida ularni o‘rnatilgan tartibda almashtirish ishlari joriy yilning yoz mavsumidan boshlab amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, hozirgi kunda avtoshinalarni bosqichma-bosqich xarid qilish va ularni yangilariga almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani, mazkur masala «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan doimiy nazoratda ekani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
09:00 / 07.04.2026
Sergeli tumanida avtobusda yong‘in chiqdi
09:29 / 03.04.2026
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:52 / 19.03.2026