Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada Özbekiston aholisi 38 milliondan oşganini ta’kidlab, xalqimizning mehnati, matonati va yoşlarning yutuqlari yurt ravnaqiga xizmat qilayotganini qayd etdi. Davlat rahbarining aytişiça, özgarişlarni kutib yaşaş emas, balki ularni öz aql-zakovati va mas’uliyatli mehnat bilan yaratiş — millatning kuç-qudratini namoyon etadi.

Prezident yoşlarni vatanparvar va turli sinovlarga çidamli insonlar etib tarbiyalaş, xalqni yanada birlaştiriş va jipslaştirişda özini özi boşqarişning noyob tizimi bölgan mahallaning örni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Uning sözlariga köra, mahalla va yaxşi qöşniçilik jamiyatda ijtimoiy kapitalni boyitadigan uyğun qadriyatlardir.

Murojaatnomada keltirilişiça, mamlakatda ötkazilgan ijtimoiy sörovlarda iştirok etganlarning 90 foizi özini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblagan. Bu esa mahalla, avvalo, ijtimoiy birdamlik manbai ekanini körsatişi qayd etildi.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, jamiyatda turli fikr va qaraşlar bölişi tabiiy, bu demokratiya talabi hisoblanadi. Biroq millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli xalqni birlaştiradigan uluğ ğoya — Vatan manfaati va xalq manfaati ekani aytilib, bu maqsadga erişişda mahalla tizimining örni va ta’siri katta ekani qayd etildi.

«Mahalla tinç va ahil bölsa, jamiyatimiz tinç va hamjihat böladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi», — dedi prezident.

Şularni inobatga olgan holda, prezident 2026 yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb e’lon qilişni taklif qildi.