Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Mirsaid Haydarovdan jurnalist Anora Sodiqova foydasiga ma’naviy zarar undirib berilmayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. MIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’’lum qilişiça, bugun, 26 dekabr kuni ijro işi böyiça qarzdordan undiruvçi foydasiga belgilangan summa undirib berilişi ta’minlangan.

Qayd etilişiça, Toşkent şahar sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor Mirsaid Haydarovdan undiruvçi Anora Sodiqova foydasiga 25 mln söm ma’naviy zarar hamda 5 mln 643 ming 500 söm miqdoridagi sud xarajatlarini undiriş belgilangan. Sudning uşbu ijro varaqasi MIBning Bektemir tuman bölimi iş yurituviga joriy yil 19 dekabr kuni kelib tuşgan. Şu kunning özida tegişli ijro işi qözğatilgan hamda taraflarga huquq va majburiyatlari tuşuntirilgan.

Ijro hujjati böyiça qarzdor Mirsaid Haydarovning mol-mulklariga taqiq solingan hamda qarzdorlikni ixtiyoriy ravişda bartaraf etiş uçun 10 kunlik muddat berilgan. Şuningdek, u berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni bartaraf etmasa, majburiy ijro harakatlariga kirişilişi haqida ogohlantirilgan.

«Olib borilgan ijro harakatlari davomida joriy yil 26 dekabr kuni Mirsaid Haydarov tomonidan 30 mln 643 ming 500 söm qarzdorlik töliq bartaraf etildi hamda undiruvçi Anora Sodiqovaning şaxsiy plastik kartasiga özining roziligiga asosan ötkazib berilişi ta’minlandi», – deyiladi MIB ma’lumotida.

Ijro hujjati amalda ijro etilgani sababli iş yurituvdan tamomlangan.

Eslatib ötamiz, 28 may kuni FIB Şayxontohur tumanlararo sudi sudyasi Anora Sodiqovaning Mirsaid Haydarov ustidan şa’n, qadr-qimmat va işçanlik obrösini himoya qiliş haqidagi da’vo talablarini rad etgandi. 21 iyul kuni FIB Toşkent şahar sudi apellyatsiya instansiyasi birinçi instansiya sudi çiqargan qarorni bekor qildi hamda jurnalistga nisbatan haqoratli sözlar işlatgan Mirsaid Haydarovga 25 mln söm ma’naviy zarar, 5 mln 643,5 ming söm sud harajatlarini qoplaş, şuningdek, Anora Sodiqovadan uzr söragan holda haqoratli postlarini öçiriş majburiyatini yuklagandi.