26 fevral kuni Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi Anora Sodiqovaning şikoyatiga binoan “Mufasa” nomi bilan sahifa yuritadigan Mirsaid Haydarov ustidan işni körib çiqişni boşladi. Biroq javobgarning advokati sud yopiq ötişini va inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanovni suddan çiqarib yuborişni talab qildi. Da’vogar Anora Sodiqovaning advokatlari esa raddiya kiritgan, sud noma’lum sanaga qoldirildi.
26 fevral kuni Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi jurnalist Anora Sodiqova şikoyatiga binoan Mufasa taxallusi bilan işlovçi Mirsaid Haydarov ustidan işni körib çiqişni boşladi. 10:30 ga belgilangan sud öz vaqtidan keçikib boşlandi. Jarayonni yoritiş uçun kelgan biror OAV jurnalisti sud boşlanguniga qadar ham içkariga qöyilmay turli bahonalar bilan yölakda uşlab turildi. Ma’lum bölişiça, iş Fuqarolik kodeksining 100-moddasi – şa’n, qadr-qimmat va işçanlik obröyini himoya qiliş asosida körilmoqda.
Anora Sodiqova öz şikoyatida Mufasa taxallusi ostida işlovçi Mirsaid Haydarov turli aniq va anonim kanallarda u haqida kamsituvçi, şa’nini bulğaydigan va tuhmat gaplar yozganini bildirgan.
Sudning oçiq yoki yopiq ekaniga aniqlik kiritilmay boşlangan jarayon taxminan 40 daqiqalarda yakuniga yetarkan, javobgar Mirsaid Haydarov va uning advokati sud yopiq ötişini talab qilgani ma’lum böldi. Bundan taşqari, da’vogar Anora Sodiqovaning advokatlari soni yetarli bölgani bois sud zalidan inson huquqlari faoli, NNT vakili sifatida qatnaşayotgan Abdurahmon Taşanovni çiqarib yuboriş böyiça alohida taqdimnoma kiritilgan.
«Jarayon avvalboşdan noaniq va notöğri boşlandi, Haydarovning advokatlari negadir menga osilib oldi. Şa’niga nomaqbul gaplar yozilib, aziyat çekkan Anora, lekin şa’n da’vosini qarşi tomon qilmoqda», deydi Taşanov.
“Sud boşlanişida hali yopiq deb e’lon qilinmasidan avval hamma kirişi kerak edi va keyin sudya yopiq ötişini belgilagaç çiqarib yuborsa bölardi. Javobgarning advokati negadir menga yopişib oldi, çiqarib yuborişlarini talab qildi. Aytişiça, Mirsaid Haydarovning şaxsiy ma’lumotlari va rasmlari ijtimoiy tarmoqda tarqab ketyapti ekan. Aslida mohiyatan teskari, sud nega bu qarorga kelganidan hayronmiz”, - deydi Abdurahmon Taşanov.
Da’vogar Anora Sodiqovaning advokatlari sudya noxolis ekanini bildirib, NNTdan vakil sifatida huquq faoli Abdurahmon Taşanovning sudda qatnaşişini ta’minlaşni sörab, raddiya kiritişgan.
«Adolat istab sudga keldim, heç bölmasa konstitutsiya işlaşidan umidvorman. Jurnalist va ayol sifatida şa’nimga aytilgan bu gaplarni qabul qilolmayman», deydi Anora Sodiqova.
“Biror rasmiy yoki davlat taşkiloti şu holimda yordam qölini çözmadi. Bugungi sudyadan umuman qoniqmadim, sud javobgar tomonning 2 talabini qabul qilib, biznikini qabul qilmadi. Göyoki men USAID mablağlari yoki ğarbdan grantlar olib, evaziga qandaydir majburiyatlar olganman. USAID jismoniy şaxslarga töğridan töğri mablağlar bermasa kerak? Katta jurnalistlar yaraşib olinglar deb maslahat berdi, lekin jurnalistni öta oğir gaplar bilan yerga urganda unga heç kim indamadi. Heç bölmasa konstitutsiyaga işonib keldim, adolat istab sudga bölmasa, yana qayerga bora olaman? Konstitutsiya işlaşi kerak, yagona umidim şundan. Bir jurnalistga otilgan toş – butun jurnalistikaga otilgan toş, deb bilaman. Şikoyatimdagi har bir holatlarni isbotlaşga dalillarim bor”, deydi Sodiqova.















