Bu haqida ma’lum qilgan Anora Sodiqovaning öz Facebook sahifasida yozişiça, saytdan öçirtirilgan mazkur maqolada “Pandora papers” hujjatlarida oşkor qilingan özbekistonlik tadbirkor Jahongir Usmonov va uning mol-mulki haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Muallifga köra, sobiq senator, Özbekiston futbol federatsiyasi (hozirda assotsiatsiya) sobiq prezidenti Mirabror Usmonovning öğli – Özbekiston futzal assotsiatsiyasining sobiq vitse-prezidenti Jahongir Usmonovga tegişli bir neça kompaniyalarning zanjiri offşor hududlarga borib taqaladi.

Öçirilgan maqolada Jahongir Usmonov öziga tegişli kompaniyalarning katta mablağlaridan soliq tölamaslik va çet eldagi offşor kompaniyalar hisobraqamlariga olib çiqiş uçun 2017 yilda taşkil etilgan “Ezgu maqsad” xayriya fondidan foydalangani aytiladi. Çunki xayriya fondlariga beriladigan xorijga çeklanmagan miqdorda pul çiqariş imkoniyati bunday amaldorlar uçun ayni muddao, deya tuşuntirgan muallif.

Suriştiruvda aniqlanişiça, “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya fondi va tadbirkor J.Usmonovning kompaniyalari örtasida milliardlab pul aylangan bölsa-da, fondning 5 yillik faoliyati haqida ma’lumotlar juda kam. Mualliflarga köra, fond rahbari Kamola Şaripova Rost24.uz bilan suhbatda ma’lumotlarni oçiqlaşni istamagan va 5 yilda 200 nafar bemor operatsiya qilingani haqida aytgan xolos.

Material saytdan öçirilgaç Sodiqovaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, maqolani öçiriş telefon orqali ayrim şaxslar tomonidan talab qilingan.

“Xavfsiz yaşaşni xohlasak, materialni öçirişimiz kerakligini talab qilişdi. Qayta-qayta xavfsizligimizni ta’kidlaşgaç, maqolani öçirişga majbur böldim. Çunki saytda işlaydigan jamoaning xavfsizligi uçun ham javobgarman. Özimning şaxsiy sahifamda qoldirdim xolos. Saytda qoldirsam, jamoadoşlarimga ham muammo bölişini öylab, buni istamadim”, deydi muallif.

Söz erkinligiga nisbatan qöllangan bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov ham öz sahifalarida bundan taşvişda ekanini bildirib, jurnalistga tahdid qilişga heç kimning haqqi yöqligini va fond vaziyatni kuzatib borişini bildirdi.

“Jurnalist Anora Sodiqova atrofida bölayotgan holatdan biz xavotirdamiz. Qonun ustuvor davlatlarda har qanday ziddiyatli holatlar (agar u bölsa) faqat sud orqali hal qilinişi kerak. Jurnalistga tahdid qilişga, umuman tahdidlarga heç kim haqli emas. U zamonlar ötib ketdi. Qaytarişga urinmang. Fond bu holatni kuzatib boradi”, – deb yozdi u.