Kitob tumani, Makrid mahallasi yaqinida toğ portlatildi. Mahalla yaqinida "paydo bölgan" noma’lum korxonaning faoliyati ortidan uylar darz ketişi, odamlar va ekologiyaga zarar yetişi mumkinligi mahalliy aholini taşvişga solmoqda. Holatni mahalla telegram guruhiga joylaganlarning ovozi öçirilib, "könikiş" tavsiya qilinayotgani aytilmoqda.

Ma’lum bölişiça, joriy yil 22 dekabrda Makrid mahallasiga yaqin hududda joylaşgan toğda portlatiş işlari olib borilgan. Mahalliy aholi heç qanaqasiga ogohlantirilmagan va qörquvga tuşib qolgan. Hammada savol bor, ammo aniq javob yöq.

Buni qayerdan bilganimizni izohlaymiz. Çunki hozir borib makridliklarga mikrofon tutsangiz, ularning gapirmaslik ehtimoli katta. Buning sababini ham biroz keyinroq ma’lum qilamiz.

Bugun qaşqadaryoliklar, kitobliklar, makridliklar kabi telegram kanallar va guruhlar hamma joyda bor. Xullas, öşa kuni makridliklar telegram kanaliga portlaş tasvirlari aks etgan köplab videolar joylandi. Hozir ularni izlab ötirmang, tasvirlar allaqaçon öçirib taşlangan. Mahalla guruhida mahalliy aholi qattiq taşvişga tuşgani, portlaş sabablarini bilmagani, uylarga darz ketişi, ekologiyani zararlaşi, odamlar jarohat olişi yoki boşqa falokatlar sodir bölişi mumkinligidan taşviş tortib, fikrlar qoldirişdi. Mas’ul idoralarga murojaat qiliş, bu noxuş korxona faoliyatini töxtatiş uçun taşabbus qilmoqçi bölişdi. Hammamiz yiğilib, arzimizni aytamiz, deyişdi. Biroq unday bölmadi.

Tahririyat Qaşqadaryo viloyati hamda Kitob tumani hokimligidan holat böyiça jöyali javob ololmadi.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati mahalliy hokimiyat vakillari aholi bilan uçraşgani, vaziyat yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilganini ma’lum qildi. Ammo makridliklar bu uçraşuvdan mutlaqo qanoat hosil qilmaganini aytmoqda.

Makridliklarning aytişiça, uçraşuv davomida hokimiyat tomonidan portlaş işlarini amalga oşirayotgan korxona hududni tender asosida yutib olgani, şu bois bunday holatlarga “könikişi kerakligi” aytilgan. Bu esa mahalliy aholining xavotiri, xavfsizligi va ekologik oqibatlar masalasi ikkinçi öringa surilganini körsatadi.

“Ikki-uç yilça avval mahallamiz yaqinida Xitoy Xalq Respublikasiga tegişli sement zavod qurilgandi. Ular ham portlatiş işlarini olib boradi, biroq uning şovqini bu darajada emas. Ularning faoliyatiga könikib qolganmiz. Biroq mahallamizga juda yaqin hududda toğning portlatilişi va toş olinayotgani hammamizni taşvişga solyapti”, - demoqda Makrid ahli.