«Arsenal» – «Aston Villa» 4:1
Gollar: Gabriel 48, Subimendi 52, Trossar 69, Jyezus 78 – Uotkins 90+4
«Arsenal»: Rayya, Timber (Uayt, 83), Saliba, Inkapiye, Gabriel Magalyayns (Lyuis-Skelli, 77), Subimendi, Merino (Norgar, 73), Edegor, Saka (Madueke, 83), Trossar, Gokeresh (Jyezus, 77)
«Aston Villa»: Martines, Bogar, Konsa, Lindelyof, Din, Onana (Makginn, 46), Tilemans (Hemmings, 82), Sancho (Malen, 61), Rojyers, Buendiya (Garsiya, 61), Uotkins
Ogohlantirishlar: Merino 45+1, Jyezus 80 – Rojyers 45+2
«Aston Villa» barcha turnirlar doirasida 11 g‘alabaga erishgan va rekord arafasida turgandi. Klubning 151 yillik tarixida 12 g‘alabadan iborat seriya hech qachon bo‘lmagandi. Lekin Unai shogirdlari bu natijaga erisha olmadi.
O‘yin starti «Arsenal» uchun u qadar yaxshi boshlanmadi. O‘yindan oldin mehmonlar Kesh va Kamara diskvalifikatsiyaga uchragani tufayli qiynalishi taxmin qilingandi. Ammo o‘yindan oldin mezbonlar safida ham Rays jarohat tufayli safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. O‘tgan turda ham londonliklar markazdagi asosiy futbolchisisiz harakat qilishgandi (o‘shanda «Brayton»ga qarshi o‘yinda u o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga o‘tkazilgandi), ammo «Villa» bilan o‘yinda uning markazdagi o‘rni yaqqol bilindi.
To‘pni darvozadan yerlatib markaz orqali o‘ynash Yokeresh osonlik bilan to‘p yo‘qotishi va raqibning xavfli qarshi hujumiga olib keldi. Ko‘p o‘tmay Uotkins navbatdagi qarshi hujumda juda yaxshi pozitsiyada turib yaqin burchakni aniq nishonga ololmadi. Bu birinchi bo‘limdagi asosiy haylayt bo‘lib qoldi.

O‘yindagi eng muhim voqealar esa ikkinchi bo‘limda ro‘y berdi. «Arsenal» futbolchilari tanaffusdan boshqacha kayfiyatda qaytishdi va o‘z so‘zlarini aytishdi. Barchasi yana burchak zarbasidan boshlandi. Bu allaqachon an’anaga aylanib qoldi, jarohatdan keyin ilk bor startda tushgan Gabriel burchak zarbasidan keyin to‘p uchun kurashda Emiliano Martinesdan ustun kelib, hisobni ochdi.
Shundan keyin «Arsenal» o‘zini juda erkin his qila boshladi. Bir necha daqiqa o‘tib Edegor Subimendini yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va hisobdagi farq ikkitaga oshdi. Keyin esa Trossar uchinchi golni urib, o‘yin masalasini amalda hal qildi. Belgiyalik futbolchi so‘nggi vaqtlarda ajoyib sport formasini namoyish etmoqda va Yokeresh bilan birgalikda jamoasining eng yaxshi to‘purari (5 tadan) bo‘lib turibdi.










