Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Venesuela vitse-prezidentiga shart qo‘ydi
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Venesuela vitse-prezidenti bilan bir necha bor muloqot qilgan va u vaziyatni tushunadi.
Foto: Reuters
Agar Venesuela prezidenti Delsi Rodriges Vashingtonning aytganini qiladigan bo‘lsa, bu mamlakatga Amerika harbiylari joylashtirilmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Muxbir Trampga Venesuelada AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi mumkinligi haqida savol berganida "Agar vitse-prezident bizning aytganimizni qilsa, bunga hojat qolmaydi", - deb javob qaytardi AQSh rahbari.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, AQSh “u bilan bir necha marta muloqotda bo‘lgan va u vaziyatni tushunadi”.
Avvalroq o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tramp “Hokimiyat xavfsiz, munosib va oqilona tarzda boshqa qo‘lga o‘tguniga qadar AQSh Venesuelani boshqarishi”ni aytgandi.
Mavzuga oid
14:18 / 24.05.2026
AQSh tez orada Eron bilan tinchlik bitimi e’lon qilishi mumkin
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
18:15 / 20.05.2026