Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjet daromadlarini rejalashtirishda hududiy prognozlar kuchaytiriladi
2026 moliya yilida choraklik prognozlar hudud va daromad manbalari kesimida tasdiqlanadi, 2026 yildan esa kelgusi moliya yili uchun prognoz hisob-kitoblari avtomatlashtiriladi.
“Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–397-son, 30.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026 moliya yilida davlat budjeti daromadlari bo‘yicha choraklik prognoz ko‘rsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan daromad manbalari hamda hududlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Shuningdek, prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangandan so‘ng 3 ish kunida tuman va shaharlarning budjet daromadlari bo‘yicha daromad manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanishi belgilangan.
Yuqorida ko‘rsatilgan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Qarorda 2026 yildan kelgusi moliya yili uchun davlat budjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshirilishi ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
17:52 / 20.02.2026
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
20:17 / 27.12.2025
Mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytiriladi
16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi
16:05 / 26.12.2024