Davlat rahbari tomonidan joriy yilning 16 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda berilgan topşiriqqa muvofiq boş prokurorning birinçi örinbosari hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri rahbarligida oliy ta’lim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş va eksport salohiyatini oşiriş böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Oliy ta’lim tizimida sönggi 5 yilda 125 mln AQŞ dollar xorijiy investitsiyalar özlaştirilib, 65 ta xususiy oliygohlar taşkil etilgan. Bugungi kunga kelib 1,5 mln nafar fuqaroga oliy ma’lumotli böliş imkoniyati yaratilgan, oliy ta’limga qamrov darajasi 2,1 barobarga ösgan. Mamlakatdagi 140 ta oliygohda 57 ta xorijiy davlatdan kelgan 13,2 ming nafar talaba ham tahsil olmoqda. Sönggi 5 yilda bu körsatkiç 3 barobarga oşgan.
Xususan, 2024 yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar çet el fuqarolari öqiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurgan edi. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 foizga oşgan.
Ötkazilgan tadbirda bu boradagi körsatkiçlar mavjud imkoniyatlarni töliq namoyon etmayotgani, sohani yanada rivojlantirişga qaratilgan tadbirlarni jadallaştiriş zarurligi, bunda tizimdagi yirik oliygohlarning har biri 20-30 mln AQŞ dollar xorijiy investitsiya özlaştirişi va 10 mln AQŞ dollar miqdorda eksportni amalga oşiriş çoralarini körişi lozimligi ta’kidlandi.
Yiğiliş yakuni böyiça oliy ta’lim sohasida investitsiya va eksportni rivojlantiriş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilanib, ijrosi alohida nazoratga olindi.













