Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk iste’foga çiqdi. Prezident Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan keyin u öz lavozimini tark etayotgani, ammo «UXX tizimida qolişi va kelgusida ham duşmanga maksimal zarar yetkazadigan jahon miqyosidagi nosimmetrik maxsus operatsiyalarni amalga oşirişda davom etişi»ni ma’lum qilgan. U aynan qanday lavozimni egallaşi hozirça ma’lum emas.

Zelenskiy Yevgeniy Xmara bilan

Zelenskiy general-mayor Yevgeniy Xmara nomzodini UXXning yangi rahbari lavozimi uçun ilgari surgan. Xmara – Ukraina xavfsizlik xizmatining tajribali xodimlaridan bölib, 2023 yildan Terrorizmga qarşi maxsus operatsiyalar markaziga rahbarlik qilgan, 2025 yil avgustida «Alfa» maxsus operatsiyalar markazi rahbari etib tayinlangandi. Endi Oliy rada Xmarani UXX rahbari lavozimiga tasdiqlaşi kerak böladi.

Malyuk UXXga 2022 yil iyulidan boşlab rahbarlik qilgan (2023 yil yozigaça – vazifa bajaruvçi maqomida). Maxsus xizmatlar uning rahbarligi davrida Rossiya hududida qator şov-şuvli amaliyotlar ötkazdi, «Örgimçak töri» («Pautina») operatsiyasi va Qrim köprigidagi portlaşlar, şuningdek, Rossiyaning içkari hududlaridagi neftni qayta işlaş zavodlariga uzluksiz hujumlar şular jumlasidan.

Zelenskiy va Vasiliy Malyuk

Ukrainadagilar Malyukning xavfsizlik xizmatidagi faoliyatini öta muvaffaqiyatli deb baholaşadi. «RBK-Ukraina» uruşga qadar bölgan davrda UXXning funksiyalari faqat içki xavfsizlik masalalari bilan çeklangan bölgani, Malyuk xizmatga rahbar etib tayinlangaç, Kirill Budanov rahbarligidagi Boş razvedka boşqarmasi kabi UXX ham «amalda uruşning tölaqonli iştirokçilari va jahon brendlariga aylangani»ni ta’kidlaydi.

«Aynan u UXXni noyob maxsus operatsiyalar ötkazadigan va muzokaralar stolida Ukraina uçun kuçli kartalar beradigan samarali maxsus xizmatga aylantirdi», - degandi 3 yanvar kuni Politico naşriga şaxsi oşkor etilmagan ukrainalik mulozim. Uning sözlariga köra, Malyukning UXXdan ketişi maxsus xizmatni jiddiy zaiflaştiradi: «Agar Malyuk öz lavozimini tark etsa, Kremldagilar şampan vinosini oçadi».

Malyuk iste’foga çiqarilişi mumkinligi haqidagi xabarlar yanvarning ilk kunlarida paydo bölgandi. Bu xabarlar fonida 3 yanvar kuni ukrainalik taniqli harbiy komandirlar va tahlilçilar ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida bir vaqtning özida Malyukni qöllab-quvvatlab postlar yozişdi va u bilan hamkorlikdagi muvaffaqiyatlarni e’tirof etişdi.