Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalishi ortidan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Foto: IIBB
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 yanvar kuni taxminan soat 19:00 larda 1986 yilda tug‘ilgan A.A. Lacetti avtomashinasida Shayxontohur tumani Islom Karimov ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtda BYD avtomashinasi haydovchisi bilan yo‘l talashgan. Natijada 1982 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi BYD avtomashinasi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab, A.A. bilan jamoat joyida o‘zaro urishib, jamoat tartibini buzgan.
Qayd etilishicha, janjal oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid
10:39 / 11.03.2026
Toshkentda “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
16:18 / 04.03.2026
Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
19:33 / 24.02.2026
Sho‘rchidagi voqea: apellyatsiya sudi qotillikni bezorilikka o‘zgartirdi
19:53 / 23.02.2026