Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlari RF sababli elektrsiz qoldi
Rossiyaning energetika infratuzilmasiga zarbalari oqibatida Ukrainaning Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlari deyarli to‘liq elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar qildi Energetika vazirligi va mahalliy hokimiyatlar. Suv ta’minotida ham muammolar bor.
Foto: Stringer/REUTERS
Rossiyaning Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi muhim infratuzilmaga qilgan hujumlari natijasida ushbu hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha favqulodda o‘chirishlar amalga oshirildi. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligining Telegram’dagi xabarlarida, Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Ivan Fedorov, Dnipropetrovsk viloyati kengashi raisi Nikolay Lukashuk, Ukraina jamoalar va hududlarni rivojlantirish vaziri Aleksey Kuleba hamda DTEK kompaniyasining 7 yanvar, chorshanba kuni kechqurun e’lon qilingan ma’lumotlarida aytilgan.
Ukraina Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga qilgan hujumlari sabab Zaporijjya va Dnipropetrovsk viloyatlari “deyarli to‘liq” elektrsiz qolgan.
“Ukrainaga, shu jumladan Zaporijjya viloyatiga qilingan hujum sabab elektr ta’minotiga cheklovlar joriy etilgan. ‘Zaporojyeoblenergo’ mutaxassislari tizimni tiklash va barqarorlashtirish ustida ishlamoqda, — deb yozdi Ivan Fedorov. — Suv ta’minoti va shifoxonalar generatorlardan ishlashga o‘tkazildi — kritik infratuzilma faoliyat ko‘rsatmoqda”.
O‘z navbatida, Nikolay Lukashuk keng ko‘lamli elektr uzilishlari natijasida mobil aloqa bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi, shuningdek havo hujumlari haqida ogohlantiruvchi sirenalar ishlamay qolishi mumkinligini ogohlantirdi.
Aleksey Kuleba esa “Dnipro shahrida va viloyatning ayrim aholi punktlarida xavfsizlik vaziyatini inobatga olgan holda tiklash ishlari davom etmoqda — aholiga issiqlik va suvni imkoni boricha tezroq qaytarish uchun”, deya qayd etdi. “Ta’mirlash brigadalari kuchaytirilgan rejimda ishlayapti”, — deb qo‘shimcha qildi u. Uning postida aytilishicha, Zaporijjyada suv ta’minoti muqobil elektr manbalari yordamida qayta tiklangan.
Kulebaning xabariga ko‘ra, jabr ko‘rgan hududlarda poyezdlar harakati to‘xtatilmagan. “Ukrzaliznitsya” ham keng ko‘lamli elektr uzilishlariga tezkor tarzda javob qaytarmoqda. Hududlardagi barcha poyezdlar zaxiradagi teplovoz tortishiga o‘tkazilmoqda, signalizatsiya va aloqa usullari zaxira ta’minotidan ishlayapti”, — deya ta’kidladi vazir.
Mavzuga oid
08:41
Rossiya: Ukrainadagi xorijiy qo‘shinlar - “qonuniy harbiy nishonlar”
08:26
Rossiya armiyasi tunda Kiyev va Lvivga hujum qildi: halok bo‘lganlar bor
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
14:59 / 08.01.2026