3 yanvar kuni Venesuela prezidenti Maduroning öğirlanişi – Sovuq uruş tugaganidan keyingi 35 yillik dunyoda yangi pretsedent, yangi tajribani boşlab berdi. Xalqaro huquq bamisoli yöq va bölmagandek. Şu paytga qadar AQŞ va kollektiv ğarb xalqaro huquq borasida doim bong urib kelardi. Özlari uni mohiyatan buzsa ham, şaklan xalqaro huquqqa mosroq körinişga intilar edi. Endi bu ham yöq...

AQŞ boşqa davlatning rahbarini yoki siyosiy figurasini birinçi marta öğirlayotgani yöq. Bundan roppa-rosa 36 yil oldin – 1990 yilning 3 yanvar kuni Panama siyosiy arbobi Noriyegani ham öğirlab, AQŞga olib kelib, uni Amerika qonunlari orqali sud qilib, qamagan edi. Biroq Noriyeganing jinoyatlari borasida xalqaro maydonda köpçilikda şubha yöq edi. U Panama muxolifati yetakçilarini öldirgan, katta miqdordagi narkotik biznesiga aloqasi borligi mustaqil OAVda aytilgan edi. Bir söz bilan aytganda, Noriyeganing reputatsiyasi Maduroga qaraganda ança salbiy edi.

Nikolas Maduroning öğirlanişi na xalqaro huquqqa, na AQŞ qonunçiligiga töğri keladi. AQŞ Noriyegani öğirlaşdan oldin unga nisbatan huquqiy signallar, qonuniy ayblovlar e’lon qilgan edi. AQŞ Kongressi uni uşlaş borasida qaror qabul qilgan edi. Biroq Maduroni öğirlaş va Venesuelada harbiy operatsiya ötkaziş böyiça AQŞ Kongressidan ruxsat söralmadi. BMTdan ham heç qanday sanksiya olinmadi, AQŞ bu masalani hatto kun tartibiga ham qöyib ötirmadi.

Qiyoslaş uçun, AQŞ Afğonistonga 2001 yil oktyabrida kirayotganda BMT Xavfsizlik Kengaşining barça 15 a’zosi mandat bergan edi. Yoki 2003 yilning martida Iroqqa bostirib kirayotganda ham AQŞ Kongressidan ruxsat olingan, BMTning esa ança vaqt oldin olingan rezolyutsiyalari rökaç qilingan edi. Bu safar esa, na AQŞ qonunlari va na xalqaro huquqqa e’tibor berilmadi. Şunçaki boşqa davlatning rahbari – Venesuela prezidenti kuç bilan öğirlab ketildi va AQŞga olib kelib, sud qiliş boşlandi. Xalqaro huquqni bunday şaklda toptaş holati 20-21-asrlarda kuzatilmagan edi.

Maduro – avtokrat. Uning rejimi avtoritar. Lekin, Maduro rejimi öz muxolifati va aholisiga nisbatan katta repressiyalar uyuştirgani borasida ma’lumotlar yöq. Maduroning asosiy aybi – saylovlarni soxtalaştirgani. Biroq, dunyo davlatlarining yarmidan köpi saylovlarni ma’lum darajada soxtalaştiradi.

Maduroni öğirlaşdan maqsad nima? Maduroga qöyilayotgan ayblov – narkobiznes, narkoterrorizm borasidagi ma’lumotlarga AQŞning özida ham şubhalar köp. Qolaversa, narkobiznes uçun boşqa davlat rahbarini öğirlaş – juda qaltis iş. Biroq Trampning özi vaziyatga yetarliça oydinlik kiritib turibdi. Siyosatçilar özlarining haqiqiy motivlarini doim “yaxşi niyatlar” ortiga yaşirişga harakat qilişadi. Lekin Tramp unday emas. U öylaganini gapirib, “gullab” qöyadi. Tramp Venesuela deganda neftni tuşunadi.