Siliya Flores 1956 yilda, Venesuela poytaxti Karakasdan 200 km ğarbroqda joylaşgan Tinakilio şahrida tuğilgan. U tört yoşdaligida oila Karakasga köçib kelgan. Ular şahar ğarbida aholi ziç joylaşgan Katiya va Bokerone tumanlarida yaşaşgan.
Siliya 32 yoşida xususiy Santa-Mariya universitetini tamomlab, jinoiy va mehnat huquqlari sohasiga ixtisoslaşgan huquqşunosga aylanadi. Uning hayoti 1992 yilda tubdan özgarib ketadi. Öşanda Venesuela armiyasi podpolkovnigi va Bolivar inqilobiy harakati (MBR-200) armiya bölinmasi rahbari Ugo Çaves prezident Karlos Andres Peresga qarşi muvaffaqiyatsiz davlat töntarişi uyuştiradi. Flores esa 1992–1994 yillarda uni sudda himoya qilgan jamoa tarkibida işlaydi.

Flores Çavesni ozod etiş talab qilib ötkazilgan mitingida MBR-200 faoli Nikolas Maduro bilan tanişib qolgan. Öşanda u oilali, uç nafar farzandi bor edi. Köp ötmay u ajraşadi, sobiq turmuş örtoği Valter Ramon Gavidia bilan döstona munosabatlarni saqlab qoladi va Maduro bilan uçraşişni boşlaydi.
Çaves va uning safdoşlari 1994 yilda amnistiya bilan ozod etiladi va ommaviy siyosiy harakat tuzişadi. Flores ham, Maduro bu harakatda yetakçi örinlarda bölişadi. 1998 yilda Çaves prezidentlikka saylanganidan keyin turli muhim lavozimlarda işlaşadi, 2000 yilgi saylovlardan keyin parlament deputatlariga aylanişadi. 2005 yilda Maduro spiker böladi. Bir yil ötib Çaves uni taşqi işlar vaziri etib tayinlaydi, spiker lavozimini esa Flores egallaydi va mamlakat tarixida parlament rahbarligiga kelgan birinçi ayol böladi.

Çavesning jangovar safdoşining bu lavozimdagi faoliyati mojarolarsiz keçmagan. Masalan, u parlament yiğilişlari zaliga OAV vakillari kirişini taqiqlagan va bu taqiq 2016 yil yanvarigaça öz kuçida qoladi, faqat navbatdagi parlament saylovlaridan keyin Milliy assambleya ustidan nazoratni qölga kiritgan muxolifat tomonidan bekor qilinadi.
Flores nepotizmda ham ayblangan: mahalliy kasaba-uyuşmalariga köra, u parlament apparatiga öziga yaqin bölgan 40 ga yaqin kişini işga olgan, ular orasida tört nafar aka-ukalari, ikki amakivaççasi va yana ikki qarindoşi, şuningdek, sobiq turmuş örtoği bölgan. 2009 yilda Flores Venesuela Birlaşgan sotsialistik partiyasi rahbari örinbosari lavozimini egallaydi (partiya rahbari Çaves edi). 2012 yilda Maduro mamlakat vitse-prezidentiga aylanadi, Flores – boş prokuror böladi.





















