Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antikorrupsiya agentligi korrupsiya xavflarini avtomatik monitoring qiladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida tashkil etilayotgan «Xavf-tahlil markazi»ga vazirlik va idoralarning 30 ga yaqin ma’lumot bazasi integratsiya qilinib, sun’iy intellekt yordamida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tezkor aniqlash imkoniyatlari kengaytiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning O‘zAga ma’lum qilishicha, Agentlik huzurida tashkil etilayotgan «Xavf-tahlil markazi»ga vazirlik va idoralarning 30 ga yaqin ma’lumot bazalari integratsiya qilinadi.
Uning aytishicha, mazkur markaz faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va nazorat qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Jumladan, soliq.uz bazasi orqali tashkilot ta’sischilari bilan davlat xaridlarida affillanganlik holatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, «Elektron jinoiy-huquqiy statistikasi» tizimi orqali korrupsiyaga oid jinoyatlar, ularning sabablari va tendensiyalari bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganiladi. My.mehnat.uz bazasi ma’lumotlari orqali esa yaqin qarindoshlarning bevosita bo‘ysunuv asosida ishlashi holatlarini aniqlash imkoni yaratiladi.
Qayd etilishicha, bunday xavf-xatarlarni an’anaviy usulda tahlil qilish 5–6 kun vaqt olgan bo‘lsa, raqamlashtirish va integratsiya natijasida mazkur jarayonni bir soat ichida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:23 / 09.07.2026
Sobiq davlat xizmatchisi uchun antikorrupsiya xulosasini olish tartibi tasdiqlandi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026