Özbekiston Hisob palatasi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekşiruvlar ötkaziş tartibini belgilaydigan “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati böyiça xavfni tahlil etiş tizimi töğrisida”gi nizom loyihasini işlab çiqdi.

Loyihada xavfni baholaş «Masofaviy audit» avtomatlaştirilgan axborot tizimidagi «Xavfni tahlil qiliş» moduli orqali amalga oşirilişi közda tutilgan. Tizim tadbirkorlik sub’yekti faoliyatida qonunçilik buzilişi xavfi darajasini aniq mezonlar asosida baholaşga xizmat qiladi.

Nizom loyihasiga köra, Hisob palatasi xavf tahlili natijalariga asosan ötkaziladigan tekşiruvlar boşlanişi haqida tadbirkorlik sub’yektlarini kamida 10 iş kuni oldin xabardor qiladi. Şu bilan birga, xavf tahlili natijasi — xavf darajasi qay darajada bölişidan qat’i nazar — tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan ta’sir çoralarini qöllaşga mustaqil asos böla olmasligi qayd etilgan.

Loyihada xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini töxtatib turiş, unga tösqinlik qiliş yoki bevosita aralaşiş qat’iyan taqiqlanişi belgilangan. Şuningdek, ayrim holatlardan taşqari, xavf darajasini tahlil qiliş jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan hujjat yoki axborot talab qilişga ham yöl qöyilmasligi nazarda tutilgan.

Xavf darajasini baholaş “ball” tizimi asosida amalga oşirilib, natijalarga köra tadbirkorlik sub’yektlari 3 toifaga ajratiladi:

  • yuqori xavf — 81–100 ball;
  • örta xavf — 61–80 ball;
  • past xavf — 60 ball va undan kam.

Nizom loyihasida xavf darajalariga qarab amalga oşiriladigan tadbirlar ham belgilangan. Xususan, past xavf toifasidagi tadbirkorlik sub’yektlarida tekşiruvlar ötkazilmaydi. Örta va yuqori xavf toifasidagilarda esa xavflarning oldini olişga qaratilgan profilaktika tadbirlari ötkazilişi yoki zaruratga köra tekşiruv ötkazilişi mumkin.

Şu bilan birga, aniq fakt va holatlar böyiça davlat manfaatlariga zarar yetkaziş xavfini oldini oliş yoki bartaraf etişga qaratilgan tekşiruvlar xavf tahlili natijalaridan qat’i nazar ötkazilişi mumkinligi körsatilgan.

Qayd etilişiça, tadbirkorlik sub’yektlarida ötkaziladigan barça tekşiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida röyxatdan ötkazilib, Biznes-ombudsmanni xabardor etiş tartibida amalga oşiriladi.