AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga Amerika harbiylarini jönatiş ehtimolini körib çiqmayapti, deb xabar berdi CNN telekompaniyasi.
Telekanalning ma’lumot berişiça, Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakillaridan birining sözlariga köra, AQŞ qöşinlarining Eronda amaliyot ötkazişi Tramp körib çiqayotgan imkoniyatlar röyxatidan örin olmagan.
Şu bilan birga, Oq uyda Tehronga kuç bilan ta’sir körsatişning ayrim variantlari muhokama qilinmoqda, lekin Vaşingtondagilar Eronga zarba berilişi aks ta’sir körsatişi mumkinligidan, xususan, mamlakat aholisining jipslaşişi yoki Eronning harbiy javob qaytarişidan xavotirlanmoqda.
Avvalroq Donald Trampga Eronga yangi harbiy zarbalarning bir neça variantlari taqdim etilgani aytilgandi.













