Davlat mehnat inspeksiyasi xorijiy tildan dars beruvçi öqituvçilar huquqlari buzilayotgani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, oxirgi kunlarda xorijiy til öqituvçilariga oylik iş haqi hisoblanmaganligi, işdan çetlatilganligi, hatto majburiy ravişda ariza yozdirib olinganligi haqida köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
Inspeksiya iş beruvçilarning öqituvçilarga nisbatan bunday harakatlari mehnat qonunçiligiga zid bölib, huquqbuzarlik hisoblanişini eslatgan.
Ta’kidlanişiça, Davlat mehnat inspeksiyasi har bir aniqlangan holat böyiça belgilangan tartibda çoralar, jumladan javobgarlik çoralarini qöllaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi qarori bilan, 2024−2025-öquv yiligaça maktab, örta maxsus va professional ta’lim muassasalarining çet tili öqituvçilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bölişi kerak. Bu talabni bajarmaganlar bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişi yoki B2 sertifikati bölmagan öqituvçilar işga qabul qilinmasligi belgilab qöyilgan.
2025 yil sentabrda maktabgaça va maktab ta’limi vazirining buyruği bilan maktablarda xorijiy til öqituvçilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qiliş muddati 2026 yilgaça uzaytirilgandi.

















