Maş’um nomga ega yangi ilova Xitoyda şiddat bilan ommalaşib bormoqda, deb xabar berdi BBC. Xitoy tilida Sileme («Öldingmi?») deb nomlanuvçi dastur juda sodda tuzilgan. Tirik ekaningizni tasdiqlaş uçun har ikki kunda bir marta belgi qöyiş - katta yaşil tugmani bosiş kerak. Agar bunday qilinmasa, ilova favqulodda vaziyatlar uçun foydalanuvçi körsatgan kontakt bilan boğlanadi va foydalanuvçiga biror narsa yuz bergan bölişi mumkinligi haqida xabar beradi.

Ilova ötgan yil may oyida işga tuşirilgan edi, biroq faqat sönggi haftalarda ommalaşdi: uni Xitoydagi yolğiz yaşovçi odamlar ommaviy ravişda yuklab ola boşladi, natijada, eng köp yuklab olinadigan pulli ilovaga aylandi.

2030 yilga borib, Xitoyda yakka yolğiz odam yaşaydigan uy xöjaliklari soni 200 millionga yetişi mumkin, deb yozdi Xitoyning Global Times davlat naşri. Özini «xavfsizlik hamrohi» deb ataydigan uşbu ilova aynan şunday odamlarga möljallangan: yolğiz yaşaydigan ofis xodimi, uydan uzoqda yaşaydigan talaba yoki ongli ravişda yolğiz hayot tarzini tanlagan odam.

«Hayotining har qanday bosqiçida yolğiz yaşaydigan odamlar introvertlar, depressiyaga çalinganlar, işsizlar va boşqa zaif ahvoldagi odamlar kabi nimagadir muhtoj böladi», deb yozdi Xitoy ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri.

«Qörqinçli tomoni şundaki, yolğiz yaşayotgan odam heç kimga sezdirmasdan ölib qolişi mumkin va heç kimni yordamga çaqira olmaydi. Ba’zan öylab qolaman: yolğiz ölib ketsam, jasadimni kim olib ketadi?», deb yozdi yana biri.

38 yoşli Uilson Xou oilasidan taxminan 100 km uzoqlikda yaşaydi va aynan şu sababli uşbu ilovani yuklab olganini aytadi. U poytaxt Pekinda işlaydi. Uyiga, xotini va farzandi oldiga haftada ikki marta qaytadi, ammo hozir, uning sözlariga köra, loyiha ustida işlayotgani tufayli ulardan uzoqda bölişga majbur va köp vaqtini iş joyida ötkazadi.

«Agar menga biror narsa bölsa, ijara uyda yolğiz ölib ketişim mumkinligidan xavotirdaman va bu haqda heç kim bilmay qoladi, - dedi u. - Şuning uçun men ilovani yuklab oldim va onamni favqulodda kontakt sifatida körsatdim».

Ba’zilar haqiqatan ham ilovani unçalik quvnoq bölmagan nomi uçun tanqid qiladi va unda röyxatdan ötiş baxtsizlik keltirişi mumkinligini aytadi. Boşqalar esa nomni ijobiyroq ma’noga özgartirişga çaqiradi. Uşbu ilovaning muvaffaqiyati qisman uning yorqin nomi bilan izohlansa-da, Moonscape Technologies işlab çiqaruvçisi tanqidlarni inobatga olganini va nomni özgartiriş imkoniyatini körib çiqayotganini aytdi.