Eron hukumati ommaviy norozilik namoyişlaridan keyin qatağonni kuçaytirdi, mamlakat böylab namoyişlarni qöllab-quvvatlaş ayblari tufayli mulklar musodara qilinmoqda va bizneslar yopilmoqda, deb xabar berdi Financial Times. 

Boş prokuratura 20 yanvar kuni 20 dan ortiq sportçilar, aktyorlar va kinoijodkorlarga nisbatan namoyişlarga undaş böyiça iş qözğatilganini ma’lum qildi. Ularning mol-mulki norozilik namoyişlaridan körilgan zararni qoplaş uçun yönaltiriladi, deya ta’kidlagan idora.

Bundan taşqari, 60 ga yaqin kafe «terrorçilik aktlari»ni «bevosita yoki bilvosita» qöllab-quvvatlagani aniqlangan. Erondagi Tasnim axborot agentligi yozişiça, mamlakatda maşhur bölgan qahvaxonalar tarmoği va savdo markazi egasi Muhammad Saydini hibsga olingan, uning mulki esa musodara qilingan. 

Rasmiylar islohotçilarning Ham-Mihan gazetasini davlat şifoxonalarining namoyişlar vaqtidagi faoliyatini yoritgani tufayli yopgan. Yana bir axborot agentligi va yangiliklar portali yolğon axborot tarqatişda ayblangan (ularning nomlariga aniqlik kiritilmagan). 

Eron politsiyasi boşliği Ahmad-Rizo Radanga köra, namoyişlarga qöşilgan yoşlar katta ehtimol bilan «aldangan». U «tartibsizliklarga yetakçilik qilganlar va iştirokçilar qattiq jazoga tortilişi»ni ta’kidlagan. Uning qöşimça qilişiça, [xorij] maxsus xizmatlariga «aldangan» şaxslar jazosi yumşatilişi evaziga uç kun içida taslim bölişi kerak.

2025 yil dekabr oyi oxirida Eronda hukumatga qarşi keng kölamli namoyişlar boşlandi. Xorijdagi eronlik huquq himoyaçilarining  HRANA taşkiloti ma’lumotiga köra, Eronda namoyişlar şafqatsizlik bilan bostirilişi oqibatida uç mingdan ortiq kişi halok bölgan. Boşqa huquq taşkilotlari esa qurbonlar sonini beş mingdan ortiqqa baholagan. Internet bloklangani tufayli Erondan işonçli ma’lumot olişning imkoni bölmayapti.

AQŞ prezidenti Donald Tramp eronlik namoyişçilarni harakatni davom ettirişga çaqirib, agar Eron hukumati odamlarni öldirişni boşlaydigan bölsa, harbiy aralaşuv bilan tahdid qilgandi. 14 yanvar kuni Tramp Eron hukumati namoyişçilarni qatl qilmoqçi emasligini aytib çiqdi.

Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy namoyişlar vaqtida «bir neça ming» kişi halok bölganini tasdiqlab, buning uçun aybni namoyişçilarga va AQŞ hukumati zimmasiga yuklagan.