Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida özining Tinçlik kengaşini taqdimot qildi. Şu bilan birga bu kengaşga qöşilişni istagan dunyoning 19 davlatidan prezident, boş vazir va rasmiylar hujjatga imzo çekişdi. Ularning içida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham bor.

Davosdagi diplomatik tadbir 1 soatça davom etdi, taklif qilinganlar zalga çiqdi va Trampni kutib oldi. Sözga çiqqan AQŞ prezidenti esa özining 1 yilligida yangi Tinçlik kengaşini tuzayotganini yana bir marta e’lon qildi. Boşqa çiqişlari singari u hozirgaça tugatgan uruşlariga töxtalib ötdi. 

Tadbir qator naşrlar, şuningdek, Oq uy rasmiy sahifalarida jonli efirda namoyiş etildi. Kengaşning tuzilişiga Ğazoni tiklaş taşabbusi asos bölgan bölsa-da, Trampning jamoasi buning kölamini kengroq rejalaganga öxşaydi. 

Kengaş işi Falastindan çetga ham çiqadi, kengroq makonni egallaydi, deb yozdi Al-Jazeera naşri oçiliş marosimi haqidagi xabarida. 

CNN’ning yozişiça, Trampning tadbiriga 20 ta ham davlat rahbari yiğilmadi. Lekin AQŞ prezidenti hozirgaça BMTni tinimsiz tanqid qilsa-da, kengaş işida taşkilot bilan hamkorlik qilinişini aytdi. 

Uruşlardan vayron bölgan Ğazoni tiklaş haqida gapirganda esa hududni “gözal mulk” deya ta’rifladi. 

Trampning nutqidan keyin kengaşga qöşiliş borasida hujjat imzolandi. Argentina, Bahrayn, Armaniston, Ozarboyjon, Vengriya, Saudiya Arabistoni, BAA, Turkiya, Möğuliston, Pokiston va boşqa davlatlardan rasmiylar, Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari imzolovçilar qatorida. Tramp har bir davlatdan kelganlar bilan imzolaş paytida qisqa-qisqa suhbat ham qildi. 

CNN’ning yozişiça, sahnadagi 19 rasmiy içida AQŞning kollektiv ğarbdan doimiy ittifoqçilaridan heç kim yöq edi. Hujjatlar imzolanişi bilan uşbu davlatlar rasman kengaş a’zosi böldi, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt esa endi kengaş rasman xalqaro tuzilma ekanini e’lon qildi. 

Mohiyatan bu tuzilma BMTga muqobil bölmoqda. Kengaşga Trampning özi raislik qiladi va unga umrbod a’zolik uçun mamlakatlarga bir milliard dollardan mablağ ajratiş taklif qilinmoqda. Tinçlik kengaşiga a’zo böliş uçun 60 ga yaqin davlat, jumladan, Rossiya, Belarus va Ukrainaga ham takliflar jönatilgan. 20 yanvar kuni Aleksandr Lukaşenko Yevropada birinçi bölib Kengaşga a’zo böliş töğrisidagi hujjatni imzolagandi.