Eron rasmiylari ommaviy norozilik namoyişlari qurbonlari haqidagi rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilib, 3117 kişi halok bölganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Içki işlar vazirligiga tayanib Euronews xabar berdi.

Halok bölganlarning 2427 nafari tinç aholi va xavfsizlik kuçlari xodimlari bölgan. Qolganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Ta’kidlanişiça, bu raqamlar inson huquqlari taşkilotlari bergan baholardan ança past. Masalan, AQŞda joylaşgan HRANA (Human Righs Activiss) agentligi kamida 4902 qurbon haqida xabar bergan bölsa, Reuters’ning Eron rasmiylari orasidagi manbasi 18 yanvar kuni «tasdiqlangan» 5000 qurbon haqida ma’lum qilib, bu raqam «sezilarsiz darajada oşişi» mumkinligini ta’kidladi.

Euronews naşrining qayd etişiça, Eron rasmiylari norozilik namoyişlari çoğida internet va xalqaro qönğiroqlarni tösib qöygan, şuningdek, jurnalistlar faoliyatini çeklagan, bu esa zöravonlik kölamini mustaqil baholaşni qiyinlaştirgan. Şu bilan birga, davlat taşviqot resurslari namoyişçilarni AQŞ va Isroil tomonidan motivatsiya qilingan «isyonçilar» sifatida körsatgan.

Iqtisodiy qiyinçiliklar fonida 28 dekabr kuni boşlangan norozilik namoyişlari umummilliy çiqişlarga aylanib ketdi. HRANA ma’lumotlariga köra, qariyb 26,5 ming kişi hibsga olingan. Eron sud tizimi vakili Asqar Jahongirning ta’kidlaşiça, hibsga olinganlarning ba’zilari «Xudoga qarşi isyon»da ayblanmoqda, mamlakat Jinoyat kodeksiga köra ularga ölim jazosi belgilanişi mumkin.

Avvalroq, eronlik namoyişçilarga yordam va’da qilgan AQŞ prezidenti Donald Tramp 16 yanvar kuni Tehron 800 nafardan ortiq namoyişçiga nisbatan ölim jazosini ijro etişdan boş tortganini aytib, Eronga zarba bermaslikka qaror qilganini ta’kidladi. Biroq, ertasi kuniyoq prokuror Ali Solihiy Trampning sözlarini «safsata va bema’ni» deb atadi va köplab işlar allaqaçon sudlarga ötkazilganini ma’lum qildi. Eron oliy rahbari Ali Xominaiy, öz navbatida, «içki jinoyatçilar»ni ayamaslikni talab qildi. Köp ötmay Tramp «Eron uçun yangi rahbariyat izlaş vaqti kelganini» aytib, Xominaiyni «kasal odam» deb atadi.