2025 yilning yanvar-dekabr oylarida Özbekiston yalpi içki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 1 kvadrillion 849 trillion 650 mlrd sömni taşkil etdi va 2024 yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga ösdi, deya xabar berdi Milliy statistika qömitasi.

Ötgan yilda sanoat 6,8 foizga, quriliş 14 foizga, xizmat körsatiş 8,5 foizga, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi 4,4 foizga ösdi.

Mamlakatdagi inflatsiya darajasi 7,3 foizni taşkil etdi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 5,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 5,1 foizga, xizmatlar esa 13,9 foizga qimmatlaşdi.

2025 yilda barça moliyalaştiriş manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 591 trln 141 mlrd söm böldi. Bunda 2024 yilning mos davriga nisbatan 10,5 foiz ösiş qayd etildi.

Iqtisodçi Otabek Bakirov hisob-kitoblariga köra, ötgan yilda Özbekiston YaIM 147 mlrd dollardan oşgan.

«2025 yilda AQŞ dollarining örtaça tortilgan kursi 12 577,35 sömdan iborat bölgani hisobga olinsa, Özbekiston YaIM 147,06 mlrd dollarga yetgan», deydi Bakirov.

Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning qayd etişiça, ötgan yilda dollardagi YaIM 21,1 foizga ösgan va bu yangi davr uçun mutlaq rekord. Taqqoslaş uçun 2024 yilda dollardagi YaIM 12,9 foizga köpaygan. Jon boşida YaIM esa barça kutilma va prognozlarni ortda qoldirib 3844 dollarga yetgan.

«2021 yil bilan taqqoslaganda YaIM 81 foizga, jon boşiga YaIM esa 65,3 foizga oşgan. Taqqoslaş uçun 2017-2021 yillarda YaIM 12,4 foizga, jon boşiga YaIM esa 4,3 foizga oşgandi.

Bunda, birinçi davrda milliy valutaning devalvatsiya qilinişi hamda pandemiya dollardagi YaIMning ösişiga salbiy ta’sir qiluvçi faktorlar bölgan. 2021-2025 yillardagi yuqori ösişga esa maqbul global şart-şaroitlar (masalan, 2021-2025 yillarda oltin narxi qariyb 2,5 barobar oşdi), investitsiyalarning yuqori ösişi hamda prosiklik fiskal siyosatning davom ettirilişi ijobiy ta’sir qilgan», deya