Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 23 yanvar kuni ötgan yiğilişda Özbekistonda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbiri ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanişiça, hozirgaça 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi röyxatdan ötdi. Lekin bu boradagi işlar Toşkent şahri, Farğona, Surxondaryo, Buxoro, Toşkent viloyatida sekin keçmoqda.
«Bunday muhim tadbir 37 yil içida birinçi marta ötkazilyapti. Röyxatga oliş – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlaş, kelgusi rejalarni şunga qarab belgilaş, eng asosiysi, aholi turmuş farovonligini oşirişga qaratilgan samarali mexanizmlarni yölga qöyişga xizmat qiladi», dedi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev barça yurtdoşlarni röyxatga olişda faol iştirok etişga çaqirdi.

















