Hindiston hukumati xavfli Nipax virusi tarqalişini töxtatişga urinmoqda, deb xabar berdi The Independent.
"Hindiston Ğarbiy Bengaliya ştatida kasallik yuqtiriş bilan boğliq beşta holat tasdiqlanganidan söng Nipax virusi tarqalişining oldini olişga urinmoqda", — deyiladi xabarda.
Naşrning yozişiça, yuzga yaqin kişi karantinga joylaştirilgan, bemorlar Kalkuttadagi şifoxonalarda davolanmoqda. Bir bemorning ahvoli oğirligi aytilmoqda.
Nipax virusi ölimga olib boradi va hozirça uning davosi topilmagan. U körşapalaklar va zararlangan mevalar orqali yuqişi mumkin.













