Tesla rahbari Ilon Mask Davosdagi butunjahon iqtisodiy forumida uning kompaniyasi 2027 yilda Optimus robotlari sotuvi boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda Engadget nashri xabar berdi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, 2027 yil oxiriga borib odamsimon robotlar sotuvi boshlanadi. Shu bilan birga, milliarder robotlar narxi haqida ma’lumot bermadi, lekin xaridorlar aqlli yordamchiga ega bo‘lishlarini ta’kidladi.
«Umuman olganda, u aytganingizni bajaradi», — dedi Mask.
Ilon Mask 2024 yilda investorlarga Optimus robotlari narxi 10-20 ming dollar bo‘lishini aytgandi.















