24 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul şahrida dahşatli qotillik röy berdi. Şaharning Şişli tumanidagi Feriköy mahallasida çiqindi konteyneridan boşsiz tana topilgan. Uşbu jasad Özbekiston fuqarosi bölgan 37 yoşli ayolga tegişli bölib, u boşqa özbekistonliklar tomonidan öldirilgan.

Mahalliy naşrlarga köra, qotillar jasadni bölaklab, çamadonga solişgan va çiqindixonaga taşlab ketişgan. Jasadning boşqa qismlari boşqa çiqindixonadan topilgan.

Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi öldirilgan şaxs Özbekiston fuqarosi Hakimova Durdona ekanini tasdiqlagan.

«2026 yil 24 yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbul şahrining Şişli tumanida çiqindilar orasidan buyum töplab yurgan fuqaro konteyner içida öralgan jasadni körib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar bergan. Körik jarayonida jasadning boş qismi mavjud emasligi qayd etilgan.

Boş konsulxona tomonidan mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlar, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda prokuratura bilan hamkorlikda ötkazilgan örganişlar natijasida marhumaning şaxsi Özbekiston Respublikasi fuqarosi Hakimova Durdona ekani tasdiqlandi», – deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Özbekistonning 2 nafar fuqarosi qölga olingan. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qoçişga uringan vaqtida uşlangan.

Boş konsulxona diplomatlari tomonidan marhumaning oila a’zolari bilan aloqa örnatilgan hamda ularga tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatilmoqda.

Mazkur holat böyiça suriştiruv jarayonlari Boş konsulxona nazoratiga olingani, uşbu holat yuzasidan qöşimça ma’lumotlar rasmiy manbalar orqali taqdim etib borilişi qayd etilgan.

Mahalliy naşrlarga köra, qotillik Durdona Hakimovaning tanişi D. T tomonidan sodir etilgan bölib, jinoyatni sodir etişda unga dösti Ğ. K yordam bergan. Ular Turkiyada quriliş işlarida işlagan.

Uşbu qotillikka aloqadorlikda gumonlanib yana bir kişi qölga olingan.