Afrika cho‘chqa isitmasi kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida Koreya Respublikasiga kirishda karantin talablari kuchaytirildi.
Mamlakatga quyidagi mahsulotlarni olib kirish qat’iyan taqiqlanadi: go‘sht, sut mahsulotlari, tuxum, yangi uzilgan mevalar, kartoshka, po‘stloqli yong‘oq, hayvon mahsulotlari, o‘simlik ko‘chatlari hamda tuproq.
Koreyaga kirayotgan barcha shaxslar, jumladan, E-9 vizasi bilan borayotgan ishchilarning yuk va bagaji qat’iy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Qoidalar buzilsa, 10 million vongacha (taxminan 6 441 dollar) jarima solinishi mumkin.











