Özbekistonda atom elektr stansiyasi qurilişini boşlaş 2026 yil dekabriga qoldirildi. Bu haqda davlat dasturi loyihasida keltirib ötilgan.

Qayd etilişiça, 2026 yil davomida «Rosatom» bilan qöşimça kelişuv işlab çiqiş, imzolaş va röyxatdan ötkaziş rejalaştirilgan. Uşbu hujjat integratsiyalaşgan AES loyihasining yangi konfiguratsiyasini, ya’ni katta quvvatli VVER-1000 reaktori va kiçik quvvatli RITM-200N reaktorlarini qamrab oladi.

Holat yuzasidan «Özatom» rasmiy tuşuntiriş berdi va avval e’lon qilingan muddatlar amalda qolişini va hujjatda ularni keçiktiriş haqida heç qanday ma’lumot közda tutilmaganini bildirdi.

«Loyihada körsatilgan sana tayyorgarlik va litsenziyalaşning barça köp sonli majburiy bosqiçlari aynan şu muddatgaça yakunlanişini nazarda tutuvçi konservativ ssenariyni aks ettiradi. «Özatom» agentligi milliy qonunçilik talablari hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik böyiça xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilgan holda barça belgilangan tartib-taomillardan izçil va puxta ötmoqda. Birinçi beton quyiş loyihasini amalga oşiriş muhim voqea bölib, u keng yoritib boriladi. Şu bilan birga, biz uşbu faoliyat qay darajada javobgarlik talab qilişini anglab yetamiz va uşbu bosqiçga faqat vakolatli organlardan zarur ruxsatnomalar va roziliklarning töliq töplamini olganimizdan keyingina kirişamiz», deyiladi agentlik izohida.

AES quriş loyihasi

2025 yilning oktyabr oyida Markaziy Osiyo – Rossiya sammiti doirasida, Foriş tumanida kam quvvatli atom elektr stansiyasi reaktorining binosi uçun kotlovan qaziş işlariga start berildi. Birinçi betonni quyiş 2026 yil mart oyiga reja qilingandi. Şuningdek, ötgan yilda katta AES masalasi yana siyosiy kun tartibiga qaytdi va bu borada Moskvada bir neçta hujjatlar imzolandi. 26 sentabr kungi bitimga asosan, Jizzaxdagi tanlangan maydonda ham kam quvvatli, ham an’anaviy yirik AES quriladigan