AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronni yadroviy dastur kelişuvi böyiça muzokaralar uçun «vaqt tugab borayotgani» haqida ogohlantirdi. Bayonot Fors körfazida AQŞ qurolli kuçlarining töxtovsiz köpayib borayotgani zamirida yangradi.
Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqdagi xabarida «ulkan armada tez, katta kuç, ğayrat va qat’iyat bilan» Eron tomon harakatlanayotganini aytdi.
«Umid qilamanki, Eron tezda „stolga ötiradi“ hamda adolatli va teng huquqli bitim tuzişga rozi böladi – HeÇ QANDAY YaDRO QUROLISIZ – bu barça tomonlar uçun yaxşi böladi. Vaqt tugab bormoqda», – deya yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
AQŞ prezidenti Fors körfazidagi harbiy-dengiz kuçlari Amerika qöşinlari Nikolas Maduroni qölga olişdan oldin Venesuelaga yuborilganidan köproqligini ta’kidlagan: «Bu Venesuelaga yuborilganiga qaraganda ança kattaroq bölgan „Avraam Linkoln“ aviataşuvçisi boşçiligidagi ulkan flotdir».
Trampning qöşimça qilişiça, bu kuçlar «öz missiyasini tezda, kerak bölsa, kuç bilan bajarişga tayyor, buni xohlaydi va bunga qodir».
Çindan ham Fors körfaziga, Eron sohillari yaqiniga Amerika aviataşuvçi guruhi yetib kelgan. Trampning tahdidlari hayotga köçadimi yoki yöqmi, bunisi hozirça noma’lum, ammo harbiy şarhlovçilar fikriça, zarba beriş uçun zarur bölgan kuçlar töplangan.
AQŞ 2025 yil iyunida, Eron va Isroil örtasidagi 12 kunlik uruş çoğida Eronning yadroviy obektlari böylab zarbalar yöllagandi. Tramp öşanda Eron yadroviy dasturi yakson etilganini ma’lum qilgandi.
Eronda dekabr oyi oxiri va yanvar oyining birinçi yarmida hukumatga qarşi yirik namoyişlar bölib ötdi. Tramp namoyişlar şafqatsizlarça bostirilişiga javoban harbiy aralaşuv bilan tahdid qilgandi, ammo keyin bu fikridan qaytdi. Hozir u namoyişlarni tilga olmayapti, lekin u hafta oldin u eronliklarni ommaviy norozilik aksiyalarini davom ettirişga çaqirib, «yordam allaqaçon yöldaligi»ga işontirgandi.
Uning sözlariga köra, kelişuvga rozi bölmasa, Eronga yöllanadigan yangi zarbalar ötgan yil yozida yadroviy obektlar böylab berilgan zarbalarga qaraganda «ança yomonroq» böladi.
Bu Trampning Eronga qaratilgan ilk tahdidlari emas va OAVning yozişiça, Eron böylab zarbalarning turli variantlari örganib çiqilmoqda, lekin yakuniy qaror qabul qilinmagan.















