AQŞ prezidenti Donald Tramp yana Eronga zarba beriş variantlarini körib çiqmoqda. CNN naşrining Oq uyga yaqin manbalariga köra, ehtimoliy variantlar orasida – hukumat va kuçişlatar tuzilmalarning namoyişlarni şafqatsizlarça bostirişga mas’ul bölgan rahbarlarini öldiriş, şuningdek, yadroviy obektlar hamda davlat muassasalari binolariga zarbalar beriş bor.

Reuters manbalari esa Trampning bu safargi maqsadi 2025 yil yozidagi kabi Eron yadroviy dasturini yöq qiliş bilan çeklanmaydi – u rejimni özgartirmoqçi. Şu bilan birga, Tramp öz çiqişlarida Eronning uranni boyitişdan butunlay voz keçişini, şuningdek, raketa dasturini hamda Yaqin Şarqdagi proksi kuçlarni (Livandagi «Hizbulloh» va Yamandagi husiyçilar) qöllaşni çeklaşni nazarda tutuvçi yangi «yadroviy kelişuv» töğrisida gapirmoqda.

Yanvar oyining birinçi yarmida, butun Eron oyatulloh hukumatiga qarşi namoyişlar içida qolganida, Tramp bir neça marta töğridan töğri namoyişçilarni kuraşni davom ettirişga çaqirgan va ularga yordam va’da qilgandi. Ammo öşanda Amerika harbiylari unga islom respublikasiga qisqa muddatda rejimning ağdarilişi uçun yetarli böladigan zarar yetkazişini kafolatlay olmagandi. U vaqtda Amerikaning asosiy e’tibori Venesuela masalasiga qaratilgandi. Natijada Tramp Eron böylab zarba berişdan voz keçadi.

Hozir esa Amerikaning «Avraam Linkoln» aviataşuvçisi boşçiligidagi zarbdor guruhi Hind okeaniga olib kelingan. Şuningdek, mintaqadagi harbiy bazalarga, jumladan, Qatar va Bahraynga qöşimça kuçlar taşlangan. Gap hamon faqat samolyotlar, kemalar va raketalar haqida ketmoqda – quruqlikdan bostirib kiriş imkoniyati körib çiqilayotgani yöq.

Reuters agentligi qayd etişiça, arablar va isroilliklar Trampni havodan beriladigan zarbalar bilan Erondagi rejimni ağdarişning amalda imkoni yöqligi haqida ogohlantirmoqda. Ammo AQŞ prezidenti bu zarbalar eronliklarni namoyişlarni qaytadan boşlaşga ilhomlantirişiga umid qilmoqda.

Eron 2025 yil iyunida Isroil va AQŞga qarşi bölib ötgan 12 kunlik uruş davrida hamda dekabr-yanvar oylaridagi keng kölamli namoyişlar çoğida kuçsizlangan bölsa-da, u hamon Amerikaning mintaqadagi bazalari hamda ittifoqçilariga jiddiy tahdid tuğdira oladi. Saudiya Arabistoni va BAA javob hujumlari xavfini inobatga olib, amerikalik harbiylarga Eronga zarba berişda öz havo kengliklaridan foydalanişga ruxsat bermadi.

Eronda hamon AQŞga qarşilik körsatiş imkoniyati mavjud. U Hörmuz böğozini – Fors körfazidan Arab dengiziga çiqiş hududini minalaştirişi mumkin – butun dunyo neftining törtdan bir qismi şu joydan olib ötiladi. Bundan taşqari, raqibga oğir ruhiy zarba beriş uçun eronliklar Amerikaning bitta kemasini çöktirişi yetarli böladi – ayniqsa, Trampning nufuzi içkaridagi vaziyat tufayli şusiz ham tuşib borayotgani inobatga olinsa. Köplab kiçik kemalar va zarbdor dronlarga ega bölgan Eron harbiy-dengiz kuçlari esa bunday amaliyot ötkazişga qodir hisoblanadi.