26 yanvar kuni Yaqin Şarqda AQŞning «Abraham Lincoln» aviataşuvçisi boşçiligidagi aviataşuvçilar guruhi joylaştirildi. AQŞ Markaziy qömondonligi rasmiy bayonotida uşbu guruh «mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş uçun» keltirilgani ma’lum qilingan.

Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp avvaliga Axios uçun bergan intervyusida Eron sohillariga «katta armada» yuborganini aytdi. 28 yanvar kuni esa Truth Social ijtimoiy tarmoğida u töğridan töğri tahdidga ötib, agar yadroviy kelişuv tuzişga rozi bölmaydigan bölsa, Tehronga zarbalar berilişini aytdi.

«Bu ulkan „Abraham Lincoln“ aviataşuvçisi boşçiligida Venesuelaga yuborilgan flotga qaraganda ança kattaroq», – dedi AQŞ prezidenti. Uning sözlariga köra, harbiy kemalar öz missiyasini bajarişga tayyor – «zarurat tuğilsa, kuç işlatiş orqali ham».

«Umid qilamanki, Eron tezda muzokaralar stoliga ötiradi hamda adolatli va teng huquqli bitim tuzişga rozi böladi – heç qanday yadro qurolisiz – bu barça tomonlar uçun yaxşi böladi», – degan Tramp.

U Tehronni kelişuv imzolaşga çaqirib, «vaqt tugab borayotgani» va keyingi hujum 2025 yil iyun oyida «Tungi töqmoq» operatsiyasi doirasida berilgan zarbalardan kuçliroq bölişini qöşimça qilgan. Öşanda AQŞ kemalari va samolyotlaridan Eron yadroviy obektlari bombalangandi.

«Abraham Lincoln» aviataşuvçisi bir haftadan ortiq vaqt suzib Janubi-Şarqiy Osiyodan Eron sohillari yaqiniga yetib keldi. Xabar qilişlariça, undan taşqari «McFaul» va «Mitscher» esminetslari ham Yaqin Şarqda turibdi.

AQŞ aviataşuvçilari guruhi hozirda aynan qayerdaligi ma’lum emas. FlightRadar24 xizmati 26 yanvar kuni Osprey konvertoplanining Ömon sohillari yaqinida Hind okeani içkarisidan quruqlik tomon qilgan parvozini qayd etgan. Bunday konvertoplanlar esa aviataşuvçi bortida olib yuriladi. Okeanda Osprey ilk bor aniqlangan nuqtadan Eron sohillariga qadar masofa taxminan 800 kilometrni taşkil etadi.

Malayziyaning Port-Klang şahrida turgan «Abraham Lincoln» palubasidagi harbiy aviatsiya. 2024 yil 26 noyabr
Fazry Ismail / AFP / Scanpix / LETA

«Abraham Lincoln»ga 90 ta samolyot va vertolyot, jumladan, F-35 Lightning II va F/A-18 Super Hornet qiruvçilarini joylaştiriş mumkin. Esminetslar bortida esa yuzlab raketalar, jumladan, quruqlikdagi nişonlarga aniq zarba berişga möljallangan Tomahawk rusumli önlab raketalarni olib yuriş mumkin.