Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berishi evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, u 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zi istiqomat qiluvchi uyning ko‘cha qismida qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashi uchun ruxsat berish evaziga 3 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur rahbar xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
11:50 / 08.06.2026
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
09:15 / 08.06.2026
Barcha hokimlar Toshkent viloyati tajribasini o‘rganmoqda
08:27 / 22.05.2026
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
08:26 / 16.05.2026