31 yanvar kuni Toşkentdagi Aviator savdo-köngiloçar markazida sodir bölgan yirik yonğin oqibatida 3 yoşli bola halok böldi. Bu haqda Toşkent şahri Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi matbuot kotibi Zuhriddin Qurbonov ma’lum qildi.
Boşqa jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq. Hozirda tergov davom etmoqda va kuzatuv kameralaridagi yozuvlar örganilmoqda, dedi u.
FVV vakilining ma’lum qilişiça, yonğin umumiy ovqatlaniş şoxobçalari va bolalar maydonçasi joylaşgan ikkinçi qavatda sodir bölgan.
Zuhriddin Qurbonovning sözlariga köra, yonğindan taxminan 800 kvadrat metr maydon zarar körgan. Yonğinni öçirişga 12 ta asosiy va 4 ta maxsus texnika hamda 6 ta suv taşuvçi texnika jalb etilgan.
Keçqurun voqea joyida turli tuzilmalarning 200 ga yaqin mutaxassisi iş olib bordi. Yonğin sodir bölgan joy yaqinidagi çorraha tösib qöyilgan.
Dam oliş kunlari markazda odatda bolali oilalar köp böladi. Bu yerda köpçilik bolalarning tuğilgan kunlari nişonlanadi.
Gazeta suhbatlaşgan guvohlar yonğin sodir bölgan vaqtda maydonda bölganini aytdi. Ularning sözlariga köra, atrof bir zumda qorayib ketgan. Farzandlarini izlab yurgan ota-onalarni köriş mumkin edi. Tutunni körib, odamlar köçaga yugurgan.
Aholining ma’lum qilişiça, ikkinçi qavatdagi yonğin çiqiş joyi doim yopiq bölgan.
Korzinka supermarketlari tarmoği yonğin ikkinçi qavatda, unga ijaraga berilgan hududdan (birinçi qavat) taşqarida boşlanganini tasdiqlagan. «Yonğin aniqlangaç, darhol barça közda tutilgan xavfsizlik çoralari körildi. Mijozlar va dökon xodimlari tezlik bilan xavfsiz joyga köçirildi. Supermarket xodimlari va mijozlari orasida jabrlanganlar yöq», deyiladi xabarda.












