AQŞ prezidenti Donald Tramp 31 yanvar kuni Eron Qöşma Ştatlar bilan «qoniqarli» bitim tuzişi kerakligini aytdi – bunday bitimga köra mamlakatda yadroviy qurol bölmaydi.
«Ular bunga könadimi-yöqmi, bilmayman. Ammo ular biz bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu jiddiy muzokaralar», – dedi Tramp jurnalistlarga Air Force One samolyoti bortida Floridaga uçayotganida.
Tramp Eron bilan nima qilmoqçi ekani haqida oçiq gapirmagan. Avvalroq AQŞ prezident Vaşington Tehron masalasida qanday yöl tutiş böyiça qarorni muzokaralar natijalariga köra qabul qilişini aytgandi. «Köramiz, bundan nimadir çiqarmikin. Aks holda, nima bölişini ham qarab köramiz… Bizda u yerga yuborilgan juda katta flot bor», – degandi u Fox News muxbiriga.
Tramp AQŞ xavfsizlik nuqtayi nazaridan Yaqin Şarqdagi ittifoqçilariga ehtimoliy zarbalar rejalari haqida xabar bermayotganini qöşimça qilgan. «Biz ularga reja haqida ayta olmaymiz. Agar men ularga reja haqida gapirganimda, bu sizga reja haqida aytiş bilan deyarli bir xil darajada yomon bölardi – aslida, bu undan ham yomonroq bölişi mumkin edi», – dedi u.
Donald Tramp yanvar oyi boşida Erondagi rejim hukumatga qarşi namoyişlarni şafqatsizlarça bostirişiga javoban vaziyatga aralaşuv bilan tahdid qilgandi. Şu fonda AQŞ Eron sohillari yaqiniga «Avraam Linkoln» aviataşuvçisi boşçiligida yirik zarbdor guruhni yubordi.
Şu tufayli AQŞ va Eron örtasida töğridan töğri töqnaşuv röy berişi borasida xavotir paydo böldi. Tehron hujum röy bergan taqdirda AQŞ va uning ittifoqçilari, jumladan, Isroilning bazalari va kemalariga raketa zarbalari bilan javob qaytarişi haqida ogohlantirgan.
Tramp Eron AQŞ bilan uruş qilişdan köra, öz yadroviy va raketa dasturlari böyiça kelişuv tuzişni afzal köradi, deb hisoblamoqda.














