«Barçaning tanişlari orasida öldirilganlar bor». Erondagi namoyiş iştirokçilarining hikoyalari
|00:10 / 02.02.202613 34211 min
Foto: WANA via REUTERSFoto: WANA via REUTERS
«Döstlarimda ham xuddi mendagi kabi vaziyat. Oramizda barçaning namoyişlar vaqtida öldirilgan tanişlari bor», – deya hikoya qiladi Tehronda yaşovçi 29 yoşli ayol yanvar oyi boşidagi namoyişlar qanday bostirilgani haqida gapirarkan.
Parisa bundan oldin heç qaçon namoyiş iştirokçilariga bu qadar şafqatsizlarça munosabat körsatilganiga guvoh bölmaganini aytadi: «Bundan oldingi keng kölamli namoyişlar vaqtida tanişlarim orasida biror kişi halok bölmagandi».
Parisa 28 dekabr kuni boşlangan namoyişlar davrida öldirilganlardan kamida 13 nafari bilan şaxsan taniş bölgan.
Avvaliga Tehronda boşlanib, keyin butun mamlakatga yoyilgan namoyişlarga mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat sabab bölgandi. Keyinroq stixiyali mitinglar hukumatga qarşi tartibsizliklarga aylanib, butun Islom respublikasi tarixidagi eng qonli voqealardan biri röy berdi.
Huquq himoyaçilarining ma’lumotlariga köra, tasdiqlangan ölim holatlari soni 6 mingdan oşadi.
Mamlakatda internet deyarli töliq öçirilganiga qaramay, bir neça yoş eronliklar BBC bilan boğlanişga muvaffaq bölgan va öz boşdan keçirganlarini aytib berişgan. Ularning ismlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan özgartirilgan.
Parisaning sözlariga köra, uning tanişlaridan biri – Tehronda yaşagan 26 yoşli ayol – 8-9 yanvar kunlari hukumat namoyişçilarga qarşi ölimga olib keluvçi vositalarni qöllaşni boşlaganida «köçada öqlar yomğiri ostida qolib» halok bölgan.
Uning özi öşa kunlarda Tehron şimolidagi tinç ruhdagi aksiyada iştirok etayotgandi.
«Namoyişçilardan heç kim zöravonlik işlatmagan va heç kim xavfsizlik kuçlariga qarşilik qilişga urinmagandi. Ammo juma kuni [9 yanvar] keçqurun ular baribir odamlarni öqqa tutişdi», – deya hikoya qiladi u.
«Töqnaşuvlar bölib ötgan köçalarda va kvartallarda porox hidi ötirib qolgandi», – deya eslaydi u.
Amalda qança kişi qurbon bölgani aniq emas
Tehronda yaşovçi 24 yoşli Mehdi ham namoyişlar va ularni bostiriş kölamini xuddi Parisa kabi baholaydi.
«Men heç qaçon norozilik harakatida bunçalik köp odam iştirok etganini va şu bilan birga xavfsizlik kuçlari tomonidan bunçalik köp qotillik va zöravonlik holatlariga guvoh bölmaganman», – deydi u.
Mavzuga oid
Namoyişlar avvaliga iqtisodiy sabablar bilan boşlangandi, siyosiy rejimni almaştiriş talablari yangray boşlaganidan keyin, 8 yanvardan Eron hukumati namoyişlarn kuç bilan bostirişga kirişdi. Tehronda va boşqa yirik şaharlarda xavfsizlik kuçlari namoyişlarni öqqa tutdi
«Payşanba kungi [8 yanvar] qotilliklar va juma kuni [9 yanvar] bölişi kutilayotgan yangi qotilliklar xavfiga qaramay, odamlar baribir köçalarga çiqişdi, çunki köpçiligimiz bunga ortiq çiday olmasdik. Bu odamlarning yöqotadigan narsasi yöq edi», – deya qöşimça qilgan u.
Mehdi xavfsizlik kuçlari namoyişçilarni yoppasiga öldirganiga juda yaqin masofadan turib guvoh bölganini aytadi.
«Yoş yigitni köz öngimda öldirişdi, unga ikki bor jangovar patron bilan öq uzildi», – deydi u.
«Motosikldagilar yana bir yoş yigitning yuziga drobovikdan otişdi. U turgan joyida yiqildi va örnidan turmadi», – deya davom ettirgan öz hikoyasini Mehdi.
Xorijdagi eronliklarning qarorgohi AQŞda joylaşgan HRANA huquq taşkiloti ma’lumotlariga köra, namoyişlar boşlangan kundan beri 6159 kişining ölimi tasdiqlangan. Ulardan 5804 nafari namoyişlar iştirokçilari, 92 nafari boşalar va 214 nafari Eron hukumatiga aloqador kişilar bölgan. Agentlik yana 17 ming qurbon haqidagi xabarlarni örganişda davom etmoqda.
Taşkilot vakili Skaylar Tompson BBC bilan suhbatda tasdiqlangan ölim holatlari soni yana ösişini istisno qilmagan.
«Biz öz röyxatimizga faqat şaxsi va öldirilgan joyi ma’lum bölganlarni kirityapmiz», – deya qöşimça qilgan u.
Qarorgohi Norvegiyada joylaşgan IHR huquq taşkiloti esa qurbonlarning yakuniy soni 25 mingdan oşişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Namoyişlar tinçiganidan keyin Eron hukumati tartibsizliklar çoğida 3100 dan ortiq kişi halok bölganini tasdiqlagan, ammo qurbonlarning aksari – huquq-tartibot xodimlari hamda namoyişlarga aloqasi bölmagan va «isyonçilar» hujumiga uçragan ötkinçilar ekanini iddao qilgan.
«Köçalarda bolalarni kaltaklaşdi va öldirişdi»
Xalqaro axborot agentliklari jurnalistlariga Erondagi voqealarni içkaridan turib yoritişga ruxsat berilmadi. Ammo xavfsizlik kuçlari odamlarga jangovar öqlar otayotgani aks etgan videoyozuvlar haqiqiyligi jurnalistlar tomonidan tekşirilgan va haqiqiy ekani tasdiqlangan.
8 yanvar kuni Tehron köçalarida topilgan soçma miltiq gilzalari va rezina öq.
Eronda yaşovçi va namoyişlarda qatnaşgan ayol BBC Newsnight dasturi uçun izohida «yerda jonsiz yotgan odamlar» va namoyişlarni bostiriş çoğida öldirilgan bolalarni körganini aytib bergan.
Londonda yaşovçi 25 yoşli Parniya yanvar oyi boşida oilasini ziyorat qiliş uçun Eronga borgandi. Xuddi öşa vaqtda namoyişlar kölami kengayib, butun mamlakatni qamrab olgandi. Özining aytişiça, u oilasi yaşaydigan Isfahonda köçaga çiqqan yuzlab namoyişçilar bilan «oldingi saflarda» bölgan.
«Men yerda yotgan odamlarni kördim. Men qonni kördim, – deydi u közda yoş sizdiruvçi gaz qöllanganida pana joy qidirayotganini eslarkan. – Köçalarda bolalar ham bor edi va ularni ham öldirişdi. Yetti-sakkiz yoşli bolalarni».
Tehronda yaşovçi 27 yoşli Sahar öz tanişlaridan yetti kişi namoyişlarni bostiriş çoğida öldirilgani haqida aytib bergan.
8 yanvar kuni xavfsizlik kuçlari taktikani özgartirişdi va haddan taşqari şafqatsiz usullarni qöllay boşlaşdi, deydi u.
Öşa oqşomda xavfsizlik kuçlari közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllaganida Sahar va uning döstlari qöşni uyga yaşirinişadi. «Döstlarimdan biri taşqarida nima bölayotganiga qaraş uçun boşini oynadan çiqargandi va uning böyniga öq kelib tegdi», – deya hikoya qiladi u.
Saharning sözlariga köra, uning yana bir dösti drobovik (soçma öqli qurol) öqidan yaralangan va köp qon yöqotiş oqibatida halok bölgan. U qölga olinişidan qörqib şifokorlarga murojaat qilmagandi.
Közdan olingan jarohatlar
Saharning uçinçi dösti Islom inqilobi muhofizlari korpusi mirşablari tomonidan qölga olinayotganida yoki şundan keyin vafot etgan.
«Ular [zobitlar] uning oilasiga korpus razvedka boşqarmasiga kelişi kerakligini aytişgan. Bir neça kun ötib ular qönğiroq qilişgan va jasadni olib ketişni söraşgan», – deya hikoya qiladi u.
Sahar 9 yanvar kuni xavfsizlik kuçlari xodimlari namoyişlarga jangovar qurollardan öq otişni boşlaganini aytadi.
«Ular [xavfsizlik kuçlari] lazerlarni odamlarga yönaltirdi, mahalliy aholi esa biz yaşirinişimiz uçun avtoturargohlarini oçib berardi», – deya hikoya qiladi u.
Internet aloqasi öçirilişi norozilik aksiyalari iştirokçilari va ularning oila a’zolari uçun navbatdagi jiddiy zarba bölgan.
«Hozir heç qanday yangilik yöq, – deydi Sahar. — Internet va telefon aloqasisiz biz yaqinlarimiz bilan nimalar bölayotganidan bexabar qoldik. Biz nimanidir biliş uçun bazör qönğiroq qila olardik».
Videoroliklardan birida Tehronda namoyişçilarga qarata lazer qöllangani aks etgan.
27 yoşli Parham Tehronda xavfsizlik kuçlari namoyişlarni bostirişda tez-tez droboviklarni işga solgani va miting iştirokçilarining yuz va köz sohasini nişonga olib otişganini aytadi.
Uning döstlaridan biri, 23 yoşli Sino 9 yanvar kuni yuzidan va közidan jarohat olgan.
«Biz uni şifoxonaga olib bordik, ammo şifokor faqat retsept yozib berdi va tezroq ketişimiz kerakligini aytdi», – deya hikoya qiladi Parham.
Uning sözlariga köra, oftalmologiya şifoxonasiga muntazam ravişda namoyişlar vaqtida közidan yaralanganlarni olib kelişgan. «Xuddiki, har 10 daqiqada yangi jabrlanuvçi olib kelinardi», – deydi u.
Parhamning sözlariga köra, şifoxona yaqinidagi kafe xodimi bir neça soat içida «közidagi jarohat bilan olib kelingan 70 kişi»ni sanagan.
Hamon peşonasi va közi atrofida öq parçalari qolgan Sinoning aytişiça, u va uning döstlari davlat kasalxonasida qamoqqa olinişdan qörqişgan, çunki bemordan şaxsiy guvohnoma raqamini aytiş talab qilingan. Şu bois, ular xususiy oftalmologiya klinikasiga murojaat qilişgan.
U şifoxonada özi körgan boşqa bemorlarga nisbatan omadi kelganini aytadi. Uning sözlariga köra, köpçilikning yuzi va ikkala közi oskolkalardan qattiq şikastlangandi.
BBC Sinoning nomiga yozilgan tibbiy hujjat bilan tanişib çiqdi, unda «uning közi ortida 5 mm ölçamdagi metall jism borligi» aytilgan.
BBC öqotar qurollardan yaralangan boşqa bir qator namoyişçilarning tibbiy yozuvlarini ham tekşirgan va haqiqiyligini tasdiqlagan.
Rasmiylar öldirilgan namoyişçilarni xavfsizlik kuçlari xodimlari sifatida körsatişga urindi
Namoyişçilar va faollarning aytişiça, rasmiylar köp hollarda halok bölgan namoyişçilarning jasadlarini qarindoşlariga topşirişdan boş tortmoqda.
Eron rahbarlari tartibsizliklarni AQŞ tomonidan qözğatilgan «isyon» deb baholagan.
Mehdining aytişiça, namoyişlarda uning döstining amakivaççasi ham öldirilgan. Rasmiylar marhumning oilasini şunday tanlov qarşisida qoldirgan: uning jasadini oliş uçun katta miqdorda pul tölaş yoki uning nomi öldirilgan xavfsizlik kuçlari xodimlari röyxatiga kiritilişiga rozi böliş.
«Ular şunday deyişgan: „Yo jasadni topşirişimiz uçun 1 mlrd tuman [7 ming dollardan köproq] tölaysiz, yoki u „Basij“ militsiyasi a’zosi bölgani va jamoat tartibini himoya qilişda halok bölganini aytişingiz kerak“», – deydi Mehdi.
Isfahonda yaşovçi 38 yoşli Navid ham uning qarindoşlari öldirilgan ikki yaqin döstiga xuddi şu kabi ultimatumlar qöyilganini aytadi.
«Ular [jasad uçun] bir neça ming dollar miqdoridagi mablağ tölaş yoki öldirilgan şaxsning nomi „Basij“ning namoyişlar vaqtida öldirilgan xodimi sifatida körsatilişiga rozi böliş talabini qöyişgan», – deydi Navid.
Huquq himoyaçilari izohlaşiça, rasmiylar şu yöl bilan ham norozilik namoyişlari iştirokçilarining oilalarini jazolamoqçi, şu bilan birga, norozilik namoyişlari iştirokçilari orasida halok bölganlarning haqiqiy sonini yaşirmoqçi bölgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi