Pentagon Eron tomonidan zarbalar ehtimolini inobatga olib, Isroil, AQŞning mintaqadagi boşqa ittifoqçilari hamda Amerika qöşinlarini himoya qiliş uçun Yaqin Şarqda qöşimça havo hujumidan mudofaa vositalarini joylaştirmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal gazetasi 1 fevral kuni.

Naşr jurnalistlari, AQŞ mudofaa vazirligi ma’lumotlari, parvozlar monitoringi va sun’iy yöldoşdan olingan suratlar şunga işora qilayotganini qayd etişgan.

WSJ aniqlaşiça, Pentagon Amerikaning Yaqin Şarq böylab joylaşgan harbiy bazalari, jumladan, Iordaniya, Kuvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Qatardagi bazalarga qöşimça THAAD va Patriot raketa hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini joylaştirmoqda.

Yaqin Şarqdagi amerikalik harbiylar harakati uçun mas’ul hisoblangan AQŞ Markaziy qömondonligi izoh berişdan boş tortgan.

AQŞ Eron böylab harbiy zarba berişi mumkinligini istisno etmayapti, Tehron esa bunga javob qaytarişidan ogohlantirgan. Eron oliy rahnamosi Ali Xominaiy 1 fevral kungi bayonotida agar AQŞ zarba beradigan bölsa, butun mintaqa uruş olovi içida qolişini aytgan.