«Amerikaliklar şuni bilişi lozim: agar ular uruş boşlasa, bu safargisi mintaqaviy uruş böladi», – deya Xominaiydan iqtibos keltirgan Tasnim davlat agentligi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp yadroviy dasturi hamda namoyişlar şafqatsizlarça bostirilgani tufayli bir neça bor Eronga harbiy aralaşuv bilan tahdid qilgan. Şanba kuni keçqurun u öz samolyotida Floridaga qaytayotganida jurnalistlarning Eron masalasida nima qilmoqçi ekani haqidagi savoliga javoban, hozir heç narsani oşkor eta olmasligini aytgan, ammo Tehron Vaşington bilan «jiddiy muzokara olib borayotgani»ni qöşimça qilib, tomonlar «ikki tomonni qanoatlantiruvçi kelişuvga erişişi»ga umid bildirgandi. Şu bilan birga, Tramp AQŞ mintaqada «juda katta va qudratli kemalarini joylaştirib qöygani»ni qayd etgan.

AQŞ mintaqaga USS Abraham Lincoln aviataşuvçisini yuborgan, ötgan hafta oxirida esa AQŞ Markaziy qömondonligi u Arab dengizida harakatlanayotganini xabar qildi.

«[Tramp] muntazam ravişda u kemalar olib kelayotganini aytmoqda… Eron xalqi bunday narsalardan qörqmaydi. Biz taşabbuskor emasmiz va biror-bir mamlakatga hujum qilişni istamaymiz, biroq Eron xalqi unga hujum qilgan va tazyiq ötkazgan har qanday tomonga kuçli zarba beradi», – dedi Xominaiy yakşanba kungi çiqişida.

Bu vaqtda Eron harbiylari Hörmuz böğozida ikki haftalik harbiy-dengiz maşğulotlarini boşladi – bu dunyodagi eng muhim suv yöllaridan biri va energiya ta’minoti uçun asosiy yönalişdir.

Eron va Ömon örtasidagi eng tor joy (kengligi taxminan 33 km) bölgan bu suv yöli orqali butun jahon neft savdosining beşdan bir qismi ötadi. Ilgari Eron bir neça marta agar hujum uçrasa, böğozni yopişi bilan tahdid qilgandi.

AQŞ Eronni mintaqadagi Amerika kuçlari yaqinida «xavfli va noprofessional xatti-harakatlar»ga yöl qöymaslik haqida ogohlantirdi, Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi esa bunga javoban şunday dedi: «Amerika harbiylari hozir bizning qudratli qurolli kuçlarimiz öz hududida qanday maşğulot ötkazişi kerakligini belgilab berişga harakat qilmoqda».

Şanba kuni Eronda bir vaqtning özida ikkita portlaş sodir böldi. Ulardan biri janubdagi Bandar-Abbos port şahrida röy berib, bir kişi halok bölgan va 14 kişi jarohatlangan. Mahalliy rasmiylarga köra, hodisa gaz sizib çiqişi oqibatida röy bergan. Tasnim agentligi esa portlaş nişoni Islom inqilobi muhofizlari korpusining harbiy-dengiz kuçlari qömondoni bölgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etib çiqdi.

Mamlakat janubi-ğarbidagi Axvaz şahrida röy bergan ikkinçi portlaş oqibatida kamida tört kişi halok bölgan. Mahalliy rasmiylar bu holatni ham gaz sizib çiqişi bilan boğlagan.