Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Pokistonga anor, uzum va olxo‘ri eksporti bo‘yicha talablar belgilandi
Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan Pokiston–O‘zbekiston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 10-yig‘ilishi doirasida O‘zbekistondan Pokistonga anor, uzum va olxo‘ri eksporti bo‘yicha fitosanitariya talablarini belgilaydigan bayonnoma alohida qayd etildi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 18 dekabr kuni imzolangan mazkur hujjat O‘zbekistondan iste’mol uchun mo‘ljallangan anor, uzum va olxo‘rini Pokiston bozoriga yetkazib berishda amal qilinadigan fitosanitariya qoidalarini belgilab beradi. Tomonlar ushbu kelishuvni meva-sabzavot savdosini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi.

Muzokaralar davomida fitosanitariya sohasida hamkorlikni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi. Ushbu guruh mahsulotlarning o‘zaro bozorga kirishini kengaytirish, axborot almashinuvini kuchaytirish hamda texnik masalalarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistondan Pokistonga yangi olma, anjir, limon va achchiq qalampir eksporti bo‘yicha fitosanitariya talablarini belgilashga qaratilgan navbatdagi bayonnomani imzolashga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
15:51 / 12.03.2026
O‘zbekiston eksportida poytaxt ulushi eng yuqori bo‘ldi
15:21 / 09.03.2026
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p xarid qilayotgan davlatlar aytildi
22:54 / 05.03.2026