Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi 2026 yil 2 fevral kuni «Maroqand» aksionerlik jamiyatini tölovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topiş hamda tugatişga doir iş yurituvini boşlaş töğrisida hal qiluv qarori çiqardi.

«Maroqand» AJ UPay tölov tizimiga egalik qiladi. Bu tizim şaxsiy pul mablağlarini nazorat qiliş, davlat xizmatlari, mobil aloqa, internet, öyinlar uçun tölov qiliş, kartalar örtasida pul ötkaziş hamda elektron hamyonlarni töldiriş uçun möljallangan tölov servisi hisoblanadi.

Kompaniya 2022 yil may oyida Humans fintex-ekotizimi tomonidan töliq sotib olingan edi. 2024 yil oktyabr oyida Markaziy bank «Maroqand» AJ tölov taşkiloti tomonidan taqiqlangan xizmatlar (qimor öyinlar) uçun tölovlarni amalga oşirişga yöl qöygani sababli faoliyatini 6 oy muddatga çekladi.

Şuningdek, 2025 yil oktyabrida Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi Humans MÇJ bankrot deb topdi.

Ommaviy pul yeçib oliş voqeasi

2025 yil 9 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan foydalanuvçilar ruxsatisiz pullar yeçib olingani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank mazkur hodisa yuz berganini rasman tasdiqlab, tekşiruv işlari boşlanganini ma’lum qildi.

Regulyator öz vakolatlari doirasida Octogram AJ (Paylov – savdo belgisi) bilan boğlanib, xavfsizlik talablariga rioya etilişini ta’minlaş va ehtimoliy zaiflikni bartaraf etiş maqsadida P2P amaliyotlarini töxtatiş böyiça körsatma bergan. 9 dekabrda Humans mobil ilovasi orqali Octogram AJ tomonidan olib borilayotgan barça tölov xizmatlari vaqtinça töxtatilgan.

Keyinroq Humans holat böyiça izoh berib, pullar 4-8 dekabr kunlari firibgarlar tomonidan yeçib olinganini bildirdi. Bunda kompaniyaning aybi yöqligi, balki muammo Paylov xizmatida texnik xatoga yöl qöyilgani ortidan kelib çiqqani qayd etilgan.

Tergov va navbatdagi sud

Şu yil yanvar oyida Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq şaxsning qariyb 7 mlrd söm pullari öğirlangani ma’lum böldi. Markaziy bank Paylov tölov taşkilotidagi tekşiruvni yakunlab, xulosasini IIVga taqdim etgan. Jinoyat işi qözğatilib, IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda