Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi
Tadbir 4 fevral kuni BMT tomonidan e’tirof etilgan Xalqaro insoniy birodarlik kunida Abu-Dabi (BAA) shahrida o‘tkazildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 4 fevral kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida «Insoniy birodarlik» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
«Abu-Dabida Shayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etganim men uchun ulkan sharaf.


Mukofot hakamlar hay’ati va tashkiliy qo‘mitasidagi hamkasblarimga samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu chindan ham bebaho va ilhombaxsh tajriba bo‘ldi. Shubhasiz, insoniy birodarlik so‘zlarda emas, balki kundalik amallarda - har bir insonning qadr-qimmatiga hurmatda, e’tiborda va g‘amxo‘rlik qilishda namoyon bo‘ladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Ma’lumot uchun, Shayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti 2019 yilda Abu Dabida Rim papasi Fransisk va Al-Azhar bosh imomi Ahmad at-Tayyib o‘rtasidagi tarixiy uchrashuv sharafiga ta’sis etilgan. Shundan buyon mukofot dunyoning turli mintaqalaridan bo‘lgan o‘nlab yetakchi shaxslar va tashkilotlarga topshirildi. U alohida shaxslar va tashkilotlarga insoniy birodarlik qadriyatlariga asoslangan yanada tinch, uyg‘un va rahm-shafqatga to‘la dunyoni barpo etishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. 2019 yildan buyon 19 ta davlatdan 19 nafar laureat ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
2026 yilgi sovrindorlarni taqdirlash marosimi 4 fevral kuni, BMT tomonidan e’tirof etilgan Xalqaro insoniy birodarlik kunida Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
19:56 / 25.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun munosib kelajakni ta’minlovchi iqtisodiyotni barpo etamiz - Saida Mirziyoyeva
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026