Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaning «Kapustin Yar» poligoniga zarba yo‘llaganini ma’lum qildi
Rossiya «Oreshnik» raketalarini shu yerdan uchirishi taxmin qilinadi.
Foto: Videodan kadr
Ukraina mudofaa kuchlari 2026 yil yanvar oyi davomida Astraxan oblastidagi «Kapustin Yar» poligonidagi angar tipidagi binolar majmuasiga bir qator muvaffaqiyatli zarbalar berdi, deb xabar berdi Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi.
Ukraina harbiylari bayonotiga ko‘ra, ushbu binolar o‘rta masofaga mo‘ljallangan qit’alararo ballistik raketalarni uchirishdan oldingi tayyorgarlik jarayoni uchun ishlatiladi. Angarlar bo‘ylab zarbalar Ukrainada ishlab chiqarilgan «Flamingo» rusumli qanotli raketalar bilan berilgan.
«Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, poligon hududida binolarning bir qismi turli darajada zarar ko‘rgan, angarlardan biri jiddiy shikastlangan, shaxsiy tarkibning bir qismi hududdan evakuatsiya qilingan», – deyiladi Ukraina qurolli kuchlari xabarida.
Rossiya tomoni bu xabar yuzasidan munosabat bildirmagan.
Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, Rossiyaning «Oreshnik» o‘rta masofali raketa kompleksi «Kapustin Yar» poligonida joylashgan. 2025 yil oktyabrida Ukraina xavfsizlik xizmati Ukraina qurolli kuchlari harbiylari poligondagi «Oreshnik» raketalaridan birini yo‘q qilganini ma’lum qilgandi. 2026 yil 9 yanvarga o‘tar kechasi RF mudofaa vazirligi Lviv oblastiga «Oreshnik» bilan zarba berdi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, raketa aynan «Kapustin Yar» poligonidan uchirilgandi.
Mavzuga oid
19:47 / 18.03.2026
Pentagon Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirgan generalga qarshi tergov yuzasidan hisobot berdi
16:42 / 18.03.2026
YeI Ukrainaga “Drujba” orqali neft o‘tkazishni qayta tiklashda yordam beradi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
11:40 / 18.03.2026